O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Djambattista Viko (1668-1744)ning asari “Millatlarning umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” (1725) tushunish qiyin bo‘lgani tufayli o‘z davrida uncha mashhur bo‘lmagan. Holbuki, bu asarning asosiy g‘oyasi juda sodda. Vikoning fikricha, biz faqat o‘zimiz yaratgan narsalar haqidagina aniq va ishonchli bilimga ega bo‘lamiz. Bunda Viko eng avvalo jamiyat va tarixni hamda jamiyat mazmunini belgilovchi barcha institut va qonunlarni nazarda tutadi.
Viko uchun jamiyat, madaniyat va tarix inson ruhining mahsuli hisoblanadi. Agar biz o‘tmishni tushunmoqchi bo‘lsak, ularning tili bilan shug‘ullanishimiz kerak. Viko bunday sifatga ega bo‘lgan fanni filologiya deb deb ataydi. Vikoning yangi fan asoslari filologiya, sotsiologiya va tarixshunoslikning sintezidan iboratdir. Viko uch asosiy tarixiy bosqichni tavsiflaydi: hudolar davri, qahramonlar davri va insoniyat davri23. Viko uchun bu “boqiy ideal tarix” bo‘lib, u orqali butun xalqlar o‘tadi. To‘g‘ri, u barcha xalqlar bir xil rivojlanadi, deb hisoblamaydi. Ular ushbu “boqiy ideal tarix” “modeliga” oz yoki ko‘p darajada yaqinlashadilar. Yangi millatlar ham ushbu siklni takrorlaydilar. Vikoning fikriga ko‘ra, “xudolar davri”da dastlabki odamlar tabiat kuchlari bilan to‘qnashib qo‘rquv va dahshatga tushganlar. Ma’lum ma’noda barcha mavjud narsalar ilohiy bo‘lib tuyulgan. Ularning dunyo haqidagi tasavvuri analogiyalarga va assotsiativ fikrlashga asoslangan. Ular an’analar, odatlar va jamoat muassasalarini xudolar o‘rnatgan, deb o‘ylaganlar. Ularga nima to‘g‘ri va adolatli ekanligini orakullar (bashoratchilar) ma’lum qilgan. Boshqaruv shakli tom ma’noda teokratik bo‘lgan. Bu davr mobaynida odamlar o‘zlarining turmush tarzi va dunyoni emotsional anglashlariga mos bo‘lgan din, san’at va poeziyani yaratganlar. Keyingi bosqich – “qahramonlar davri”da qudratli patriarxlar oila va qabilalarga yo‘lboshchilik qilganlar. Ijtimoiy differetsiatsiya “qahramonlik jamiyati”ning ichki dinamikasini yaratgan. Qullarning hayoti va ular ishlab chiqargan narsalar quldorlarning qo‘lida bo‘lgan. Asta-sekin qullar o‘z kuchlarini tushunib etganlar va himoyaga kamroq muhtoj bo‘la boshlaganlar. Ular ijtimoiylashib borganlar, dalillashni o‘rganganlar va o‘z huquqlarini talab qilganlar. Qullar tomonidan talablarning qo‘yilishi quldorlarning ezilgan qarshiligini bostirish maqsadida birlashishiga olib kelgan. Bu ixtilof aristokratiya va monarxiyaning yuzaga kelish manbai bo‘lib hisoblanadi. Vikoning fikricha, Solon (mil.avv. 630-560) yangi egalitar mentallikning ilk ifodachisi bo‘lgan. Solon mazlumlarni o‘ylab ko‘rish va “ularning insoniy tabiati kiborlarniki bilan bir xil ekanligi, ular kiborlar bilan teng fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishlari kerak”ligini tan olishga da’vat qiladi. Hukmronlar o‘z hukmi ostidlagilar bilan teng huquqli deb tushunilsa, unda, Vikoning fikricha, boshqaruv shaklining o‘zgarishi muqarrar bo‘ladi. Natijada davlat boshqaruvi shakli aristokratiyadan demokratikka aylanadi. Bu o‘tish vaqtida til ham o‘z xususiyatini o‘zgartiradi. Biz “prozaik” davrga tushib qolamiz. Odamlar abstaksiyalar va umumiy tushunchalarni qo‘llashni o‘rganadilar. Poetik donishmandlik o‘rnini falsafiy donishmandlik egallaydi. Biz diniy bilan dunyoviyni, ibodatxona bilan oshxonani “modernistik” farqlay boshlaymiz. SHu tariqa “insoniyat davri” boshlanadi. Bu bosqichda birinchi marta individ va u bilan bir vaqtda individualizm paydo bo‘ladi. Individualizm va egoizm ajralish va tanazzulga yuz tutish tendensiyasini paydo qiladi. Tanazzul varvarlik bilan tugaydi, O‘rta asrlar esa yangi davrni boshlaydi. Vikoning fikricha, barcha xalqlar bunday sikldan o‘tadi. Viko bu siklni spiralsimon ko‘rinishda talqini qiladimi yoki aylana ko‘rinishidami, bu ma’lum emas. Bu jarayonni harakatga keltiruvchi kuch insonlarning o‘zidir. Urush va ixtiloflarda ular yangi hayot shakllari va institutlarini tashkil qiladilar va ular yana insonlarning mavjud narsalar haqidagi tasavvurlarini ifoda qiladi. Viko har bir madaniyat va davr yagona va betakrorligini uqtiruvchi individuallikning tarixiylik tamoyilini joriy qilgan. Bunga ko‘ra, yangi hayot shakllari eskilaridan yaxshi ham, yomon ham emas, ular faqat bir-biridan farq qiladi holos. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling