O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet89/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Benedikt (Barux) Spinoza (1632-1677). YAxshilik va yomonlik Spinoza falsafiy ta’limotida ahloqning asosiy kategoriyalaridir. YAxshilik va yomonlik zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan iloxiy tartiblar deb qarovchi diniy-ahloqiy qarashlarga karshi karatilgan. Spinoza bu ahloqiy kategoriyalarga nominalizm nuqtai-nazaridan yondashib, ularni insonning uz hayotining turli sharoitlaridagi xolati, tashvishlari deb xisoblaydi. YAxshilik foydali ish bo‘lib, Konikish, lazzatlanishning bir ko‘rinishidir. YOmonlik lazzatlanish, konikishdan maxrum qilishga olib keluvchi azobdir. Spinoza ahloqiy ta’limoti to‘laligicha naturalizm g‘oyalari bilan sugorilgan. Bu xol Spinozani xudoni ahloqiy xatti-harakatlar va qadriyatlarning oliy manbai sifatida inkor qilishga olib keldi.
Spinozaning donolik haqidagi ta’limotida ma’rifatli, bilimli aristokratiyaning mohiyati o‘z aksini topgan. Bunday ahloqiy mohiyat xamma vakt shaxsning oliy falsafiy intilishlarining e’tiborliligini, yuqori mavqega ega bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu tabaqa o‘zini bunday intilishlarga qodir bo‘lmagan “to‘da”ga qarama-qarshi ko‘yadi. SHu bilan u o‘sha davrdagi jamiyatni ahloqiy nuqtai-nazardan tahlil qilishga hakli bo‘la oladi. CHunki o‘sha davr jamiyat ahloqi soxta, buzuq ruxda bo‘lib, haqiqiy insoniy ahloqiylikka katta zarar etkazardi. Bu narsa Spinozaning mayda-burjua mazxabchilik doiralariga yakan bo‘lganidan dalolat beradi. Spinozaning fikricha, erkinlikka jamiyatdan ajralgan odamning erishishi mumkin emas. Faqat jamiyatda yashagan odamgina erkinlikka erishish imkoniyatiga ega. Spinoza o‘zining jamiyat va davlat haqidagi ta’limotida bevosita Gobbs ta’limoti ta’sirida bo‘lgan. Lekin Spinozaning tabiiy huquq haqidagi ta’limoti Gobbs ta’limotiga nisbatan yana xam naturalistik ruhdadir. Har bir odamning asosiy maqsadi bo‘lgan o‘z-o‘zini saqlashga intilish faqat dono va nodonni birlashtiribgina qolmasdan, balki har bir odamni birlikda bo‘lishga undaydi. Lekin Gobbsdan farq qilib, Spinoza odamlarning tabiiy holatdan fuqarolik davlatchilik holatiga o‘tishini ijtimoiy shartnoma tufayligina emas, ko‘prok odamlar ehtiyoji va qobiliyatining turli-tumanligi hamda odamlar o‘rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishi tufayli amalga oshadi, deb hisoblaydi.
Spinozaning din masalalariga bo‘lgan munosabati ham diqqatga sazovordir. Spinoza ta’kidlaydiki, muqaddas kitoblarni, aniqrog‘i “Tavrot”ni talqin qilganda faqat uning mazmunidan kelib chiqish kerak. Bu kitoblar va ular qismlarining yozilishi, tarixiy sharoitlarini mumkin qadar ko‘prok nazarda tutish muhimdir.
Spinozaning ta’limoticha, odamlarning ko‘pchiligi akliy qobiliyatlarining etarli bo‘lmaganligi tufayli zaruriy ravishda passiv affektlarga suyangan holda yashaydilar. SHuning uchun “to‘da”ni mutaassiblikdan va qo‘rquvdan ozod qilish mum­kin emas. Ularga nisbatan muqaddas kitob ahloqiy-tarbiyaviy vazifasini saqlab qoladi, chunki u oddiy o‘limga mahkum odam­lar uchun juda katta umidlar beradi.
Spinozaning ta’limoticha, xalk ommasining ahloqini boshqarib turish uchun mifologiya va mutaassiblik muayyan darajada hayotiy zaruriyatdir. Bu kichik miqdor (minimum)ni Spinoza “umumiy din” deb ataluvchi ta’limoti nuqtai-nazaridan belgilaydi. Mutafakkir uni “xudoni xis qilish” deb ataydi. Uning unchalik ko‘p bo‘lmagan vakilalari ahloqiylikni yuqori daraja (maksimal)da boshqarib turadi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling