O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet92/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Jorj Berkli (1685-1753) o‘z asarlarida hurfikrlikka qarshi kurash olib borish bilan bir qatorda u SHefteberi va Mandevillarning ahloqiy qarashlariga taallukli g‘oyalarni tanqid qiluvchi maxsus risola yozgan edi. Mazkur risolada u yuqorida nomlari zikr etilgan faylasuflarning hurfikrligini tanqid qilib, xris­tian dinini himoya qilgan.
“Alsifron yoki mayda faylasuf” deb nomlangan risolasida Berkli ateizmni ahloqsizlik bilan aynan bir narsa deb, ahloq sohasidagi taraqqiyparvar tendensiyalarga qarshi kurashgan.
U o‘zining ma’naviy evolyusiyasida diniy falsafani teotsentrizm bilan sintez qilishga harakat qilgan. Unda ilohiy kuch har qanday borliq va farovonlik manbai hisoblanadi. Xudoga xizmat qilish insoniyat hayotining mazmuni va maqsadini tashkil etmog‘i lozim, deydi faylasuf. Ijtimoiy qarash nuqtai-nazaridan Berkli konservator bo‘lgan.
Berkli o‘z davridagi Angliyaning mavjud siyosiy tuzumidan mamnun bo‘lgan. U jamiyatdagi hukmron sinfning siyosatini hamda ingliz cherkovining faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan. U, shuningdek mamlakatda shakllanib kelayotgan burjua iqtisodiy munosabatlarni, san’atning rivojini, savdo-sotiqing o‘sishini, kolonial bosqinchilik siyosatining tarafdori bo‘lgan.
Faylasufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ko‘pgina asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan maxsus risolalari ham mavjud. Bular “Pas­siv itoatkorlik” (1712), “Buyuk Britaniya qulashining oldini olish haqida ocherk” (1721) va boshqalardir. Yuqorida nomi qayd etilgan birinchi risolasida faylasuf siyosiy mavzuga oid uchta nasihatini keltiradi. Bu nasihatlarning maqsadi: 1) qarshilik ko‘rsatmaslik; 2) g‘alayon ko‘tarmaslik; 3) oliy hokimiyatning buyruqlariga quloq osish va itoatkor bo‘lishlik fuqarolarning eng birinchi vazifasidir. O‘zining bu qarashlari bilan “ijtimoiy bitim”ga, ayniqsa, undagi radikal shakldagi xalk suvereniteti va xalk manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan hukmdorga qarshilik ko‘rsatish kabi masalalarga Berk­li qattiq qarshilik ko‘rsatgan.
Faylasuf xalqni “xar qanday fuqarolik hukumati”ning siyosatiga hech ikkilanmay bo‘ysunishga da’vat etadi. Davlat ilohiy bir tarzda kelib chiqqan, degan konsepsiyaga amal qiladi. Davlat tomonidan chiqariladigan qonun va buyruklar muqaddas va ularga qarshi chiqish qat’iyan man qilinadi. Tobe’lik va itoatkorlikka, hatto hukmdor o‘z fuqarolarining haq-huquqlarini kamsitganda va shaxsiy manfaatlarini poymol qilgan taqdirda ham amal qilish kerak — deydi faylasuf. Antik davrning ko‘zga ko‘ringan faylasufi Sitseronning “Xalk farovonligi — oliy qonun” ta’limotiga butunlay qarama-qarshi fikrni Berkli ilgari surayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Uning siyosiy konservatizmi o‘zi shohid bo‘lgan tarixiy voqealarga realistik bahoni inkor qilmasdi. Masalan, Berkli Ganoverlar dinastiyasining siyosatini qo‘llab-quvvatlab, ularning dushmanlari bo‘lmish yakkobinchilarning Styuartlar dinastiyasi dav­lat tepasiga chiqishiga qarshi chiqqan, chunki yakkobinchilar katolik cherkovini himoya qilgan. Ular bu borada katolik dinining tarafdorlari bo‘lgan irlandiyaliklarni qo‘llab-quvvatlashiga tayangan holda, ularning yo‘qotgan erkinligini qaytarib berishga va’da qilgan edi. Faylasuf ingliz davlat cherkovi­ning manfaatlarini himoya qilgan. U YAkkobinchilarni tanqid qilibgina qolmay, balki irlandiyaliklarning mustaqillikka erishishi ularning bu borada sabr toqatli va itoatkor bo‘lishga chaqiradi, degan maslahatni beradi.
Adolat yuzasidan shuni aytmoq lozimki, Berkli Irlandiyaning og‘ir holatiga befarq bo‘lib qolmagan, chunki Irlandiya Angliyaning birinchi koloniyasiga aylangan edi. Bunga uning Irlandiyaning iqtisodiy jihatdan yuksalishiga bag‘ishlangan asari misol bo‘la oladi. Berkli bu asarida iqtisodiy siyosatning dolzarb masalalarini ritorik savollar shaklida hal etishga urinadi. Uning diqqat-e’tibori markazida boylikning asosiy manbai nima? Er boylik emasmi? — degan savollar turadi.
Axir biz avvalambor xalkning mehnat faoliyatini qadrlashimiz kerak emasmi? CHunki xalkning mehnat faoliyati boylikni yaratmaydimi va hatto erni ham boy qilmaydimi?
Agar er va kumushlar mehnat faoliyatining vositasi bo‘lmaganda ular hech qanday qadr-qimmatga ega bo‘lmagan bo‘lar edi. Iqtisodni ko‘tarish va milliy boylikni o‘stirish to‘g‘risidagi Berklining takliflari shunday edi. Ko‘rib turibmizki, Berklining ushbu dasturi mehnatkash xalk ehtiyojlarini in­kor qiladi va xalkning og‘iriqtisodiy ahvolini haqikiy sababi nimada ekanligi to‘g‘risida lom-mim demaydi. Aksincha, Berkli bu savolga kishilarning dangasaligi, mehnat qilishdan bo‘yin tovlashlari sabab bo‘layapti degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. SHuning uchun ham kambag‘allarni va daydilarni mehnat uylariga jo‘natishni taklif kiladi. Dinni qattiq himoya qilgan faylasuf va episkop XVIII asr ingliz falsafasi tarixida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’rifatparvarlikka va insonparvarlikka qarshi chiqqan. U ilg‘or ilmiy-falsafiy va ijtimoiy qarashlarga qarshi kurashgan sub’ektiv idealizmning yorqin namoyandasidir.
Berklining ta’limotiga yangicha tus berib, uni himoya qilgan XVIII asr ingliz falsafasining vakillaridan biri David Yumdir.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling