O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Karl Marks (1818 - 1883) - Marks 1852 yil 5 martda Veydemeyerga yozgan xatida o‘z ta’limotining tub mohiyatini, ya’ni sinflar ishlab chiqarish taraqqiyotining muayyan bosqichlariga to‘g‘ri kelishi; sinfiy kurash muqarrar ravishda proletariat diktaturasiga olib kelishi, proletariat diktaturasi esa barcha sinflarni, shu jumladan uning o‘zini ham barham toptirishini va natijada sinfsiz jamiyatga o‘tilishi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etadiki, bular keyinchalik kommunistik harakat uchun asosiy dastur bo‘lib xizmat qildi. “Kapital”ning birinchi jildi 1867 yilda nashrdan chiqdi. “Kapital”ning 2–3 tomlari ustida izlanishlar olib bordi, lekin ularni oxirigacha tugallay olmadi. Keyinchalik, “Kapital”ning ikkinchi jildi F.Engels tomonidan 1885 yilda va uchinchi jildi esa 1894 yilda nashrdan chiqarildi.
Marksning tarixiy materializm ta’limoti jamiyatning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganishga chaqiradi. Tarixiy materializmning asosiy g‘oyalari K. Marks va F. Engels tomonidan XIX asrning 40-yillarida taklif qilingan. Bularni biz “1844 yilning iqtisodiy-falsafiy qo‘l yozmalari”, “Muqaddas oila”, “Nemis mafkurasi”, yana ham qayta ishlangan ko‘rinishda “Falsafa qashshoqligi” va “Kommunistik partiya manfesti” asarlarida ko‘rishimz mumkin. Tabiyki bu g‘oyalar dastlab gipoteza ko‘rinishida edi. Keyinchalik uning tarafdorlari, birinchi navbatda sovet jamiyatshunoslari strukturalangan va argu-mentlangan ijtimoiy nazariyaga aylantirdilar. O‘zining “Kapital” nomli asosiy asarida Marks, kapitalistik jami-yatni, uning kelib chiqishi, taraqqiyotini va unga hos bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy qarama-qarshiliklarni tahlil qildi. Bu tahlillar natijasida jamiyat iqtisodiy formatsiyasi asosiy hususiyatlari va kerakli qonuniyatlarining jamiyat hayotidagi o‘rnini aniqlagan holda, jamiyat taraqqiyotini dialektik rivojlanib boruvchi turli formatsiyalar almashinuvidan iborat, deb tushuntirdi. Unga ko‘ra har bir formatsiya o‘ziga hos bo‘lgan qonuniyatlarga ega. Bu qonuniyatlarning asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy usullari va ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish shakllari yotadi. Marksning tarixiy materializmi jamiyatda bo‘layotgan voqealarga falsafiy materialistik nuqtai-nazardan yondashadi. Jamiyat o‘zgarishlari tahlilida boshlang‘ich nuqta bo‘lib, avval moddiy iqtisodiy asoslar, so‘ngra boshqalar o‘rin egallaydi. Tarixiy materializmning predmeti bo‘lib, alo-hida ijtimoiy jarayonlar emas, balki umumiy qonunlar va jamiyatni harakatga keltiruvchi, ularni bir butunlik, qarama-qarshilik va o‘zaro bog‘liqlik nuqtai nazaridan karalgan kuchlar tashkil kiladi. Boshka jamiyat fanlari, masalan siyosatshunoslik, sotsiologiya kabi jamiyat hayotining ayrim tomonlarini o‘rganadigan fanlardan farqli ravishda, tarixiy materializm, jamiyat taraqqiyotining eng umumiy qonunlari: jamiyatning kelib chiqishi, mavjudligi hamda jamiyatning iqtisodiy formatsiyalari taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganadi. Marksizmning ijtimoiy konsepsiyasi tabiatdagi kabi, jamiyatda ham, ijtimoiy o‘zgarishlarda ro‘y beradigan qonunlar mavjud, degan asosiy tamoyildan kelib chiqadi. Bu, albatta alohida inson va jamiyat faoliya-tining bu qonuniyatlar bilan determinlanishini anglatmaydi. Jamiyat ham, inson ham bu qonunlarni o‘zgartira olmaydi. Biroq, inson va jamiyat bu qonunlarni insoniyat foydasiga yoki ziyoniga tadbiq qilishi mumkin. Bu qonunlarning asosiy holatlari tarixiy materializmning boshlang‘ich davrlarida shakllangan. Ularning mazmuni shundan iboratki, “insonlar o‘z hayotlarini yo‘lga qo‘yishda o‘zlarining hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning etarli darajasini belgilab beradigan ishlab chiqarish munosabatlariga qadam qo‘yadilar. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro bog‘liqligi jamiyat iqtisodiy tarkibining real bazisini tashkil qiladi”29. Tarixiy materializmda ijtimoiy jarayonlar “ijtimoiy turmush” va “ijtimoiy ong” kategoriyalaridan tashkil topgan. Ijtimoiy turmush deganda ishlab chiqarish va moddiy hayot tushuniladi. Uning tarkibini jamiyatning ishlab chiqarish va insonlarning moddiy faoliyati natijalari tashkil etadi. Ijtimoiy ong esa, siyosiy va huquqiy bilim, ma’naviyat, din, falsafa, fan kabi ijtimoiy ong shakllarini o‘z ichiga oluvchi jamiyatning ruhiy faoliyatidir. Marks bo‘yicha, ijtimoiy ong ijtimoiy turmush darajasiga va ahvoliga bo‘ysunadi. Jamiyatning markscha ta’limotida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunchasiga muhim o‘rin berilgan. Unga ko‘ra, har bir jamiyat o‘zining spetsifik hususiyatlari va geografik joylashuvidan qat’iy nazar o‘z taraqqiyotida ma’lum formatsiyani bosib o‘tadi. Bular, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm formatsiyalaridir. Marksga ko‘ra, har bir ijtimoiy –iqtisodiy formatsiya ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli qonuniga bo‘ysunadi va uni tashkil etish shakli jihatidan alohida qonunlar asosida rivojlanadi. Bir formatsiyadan ikkinchi bir formatsiyaga o‘tishda sinflar o‘rtasidagi ziddiyat muhim rol o‘ynaydi. Marksning fikricha, mavjud sinflar o‘rtasidagi ziddiyatlar ob’ektiv ravishda kuchayib boraveradi va ohir – oqibat jamiyat yangi bir formatsiyaga o‘tadi. Marks o‘zidan oldingi faylasuflardan farqli ravishda, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan cheklanibgina qolmay, balki kelajakda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni ham o‘zicha bashorat qilgan edi. Uning bu bashoratlari kapitalizmning sinfiy ziddiyatlar tufayli inqirozga uchrashi va yangi kommunizm formatsiyasiga o‘tilishiga chaqiriq sifatida yuzaga keldi. Marks o‘z ta’limotida quyidagi ba’zi bir ijtimoiy qonunlarni asoslab berdi: -bazisning (ijtimoiy turmush) ustqurma(ijtimoiy ong) ni belgilab berishi qonuni; -sinfiy ziddiyat qonuni; -qo‘shimcha qiymat qonuni; Marks ta’limoti asosan proletariat sinfi manfaatlarini himoya qilgan, XIX asrning oxirgi choragida esa rivojlangan Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakati aholisining aksariyat qismi bevosita ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi. Masalan, XX asr oxirlarida Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida aholi ishga yaroqli qismining faqat beshdan bir qismi bevosita zavod–fabrika yoki qishloq xo‘jaligida mehnat qilish bilan shug‘ullandi. Bunday sharoitda aholining beshdan bir qismiga aylangan sanoat va qishloq xo‘jalik ishchilarining irodasini jamiyatning boshqa ko‘pchilik a’zolariga majburan qabul qildirishning va proletariat manfaatlari umuminsoniyat manfaatidir, deyish mantiqdan yiroq, g‘ayri ilmiy bo‘lib qoldi. Karl Marks ijtimoiy–siyosiy ta’limotining sinfiy kurash, sotsial revolyusiya haqidagi qoidalari tarix sinovlariga bardosh bera olmadi. Hozirgi davrda jamiyat rivojlanishini inqilobiy o‘zgarishlar emas, balki evolyusiyaviy, bosqichma-bosqich, larzalarsiz, islohotlar orqali hal etish (I.Karimov) mumkinligi isbotlanmoqda. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling