O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet96/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Deni Didro (1713—1784) xristianchilikka tanqidiy ko‘z bilan qaragan. U xatto “Injil”ni ilohiy yaratilganligini shubha ostiga olgan. Uning fikricha, “Injil”ning barcha kitoblari ruhoniylar tomonidan turli davrlarda yaratilgan. Mo‘‘jizalarga ishongan erda sodir bo‘lgan mu’jiza bu afsonadir, deydi faylasuf. U do‘zax va undagi azob-uqubatlar haqidagi fikrlarni qattiq tanqid qiladi. Didro diniy ahloqqa qarshi keskin kurashib, u inson ruhidagi faollikni yo‘qotadi, insonni taqdirga qullarcha bo‘ysindirish ruhida tarbiyalaydi, deb ta’kidlaydi. Faylasuf diniy ahloqni tanqid qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki uni qo‘llab-quvvatlovchi mavjud tuzumni, uning qonunlarini xam keskin tanqid qiladi. Uning fikricha, insonning ma’naviy va ahloqiy qiyofasini belgilaydigan nar­sa muhitdir. SHuning uchun ahloqni buzuvchi mavjud munosabatlarni tugatish kerak. Inson tabiatan yovuz emas, “yaramas tarbiya, yaramas odatlar, yaramas huquq insonni buzuvchilardir”. SHuning uchun yovuzlikni yo‘qotishning birdan-bir yo‘li diniy ahloqdan voz kechishgina bo‘lib qolmasdan, balki hayotni yangi asoslarda qayta qurishdan iboratdir, deydi faylasuf. Dindan qutulishning yagona yo‘li ma’rifatdir.
Didroning jamiyat, uni qayta qurish haqidagi fikrlari xam progressiv ahamiyatga egadir. Uning fikricha, ilmiy darajada takomillashgan davlatning muhim asoslaridan biri xamma fuqarolarning qonun oldidagi tengligidir. SHu bilan birga tabaqalanish va xususiy mulk tugatilgan jamiyatda bu g‘oya amalga oshishi mumkin, deydi. Uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari XVIII asr oxiridagi Fransiya inqilobining amalga oshishida muhim g‘oyaviy tayanch bo‘ldi.


2-mashg’ulot
1. Nemis klassik falsafasida jamiyat va inson masalalari
2. Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasi
3. Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy falsafa
Nemis klassik falsafasida jamiyat va inson masalalari. Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o‘zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so‘ng ularning sur’ati pasayib imkoniyatlariga ishonchsizlik kuchaydi. Ijtimoiy ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Fransiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli kuchaydi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqealar nemis falsafasining asosiy xususiyatlarini belgilab berdi.
Davrning olamshumul voqealari ijtimoiy taraqqiyot nafaqat aql va fan yutuqlari, balki axloq, ma’naviyat sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan ham o‘lchanishini namoyish etdi. Inqilob va u bilan bog‘liq urushlar davrida yuz bergan ma’naviy inqiroz nemis falsafasida nafaqat bilish imkoniyatlariga, balki inson ma’naviy dunyosining barcha tomonlari, uning bilish, diniy, axloqiy va estetik qobiliyatlarining o‘zaro aloqasi muammosiga ham e’tiborni qaratishni talab qildi. Umuman olganda, nemis faylasuflari haqiqat, e’tiqod, yaxshilik va go‘zallik ajralmasdir, degan fikrni teran asoslashga harakat qildilar.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling