1-ma’ruza Organik bogʻlovchi materiallar. Reja


Download 464.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi464.2 Kb.
#1480132
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza (2)



1-ma’ruza 
Organik bogʻlovchi materiallar. 
Reja: 
1.Organik bogʻlovchi materiallar haqida umumiy tushunchalar.
2.Organik bogʻlovchi materiallarning tasnifi va tarkibi.
3.Organik bogʻlovchi materillarning asosiy fizik-mexanik xossalari.
4.Organik bogʻlovchi materiallarning tarkibi, tuzilishi va xossalari.
5.Qovushqoq bitumning fizik va reologik xossalari.
6.Qovushqoq bitumning markalari. Bitumning olinish texnologiyasi.
7.Organik bogʻlovchi materiallarning turlari va ularga me’yoriy talabalar.
8.Neft va uni qayta ishlash usullari. Neft bitumlarini ishlab chiqarish.
9.Neftli yoʻlbop bitumlar. Qovushqoq neft bitumi va uning xossalari.
10.Suyuq neft bitumi va uning xossalari. Suyuq bitumlarni olish texnologiyasi.
11.Suyuq bitumning sinfi va markalari.
12.Organik bogʻlovchilarga qoʻshiladigan sirt faol qoʻshimchalar.
13.Tabiiy va slanes bitumlari.
14.Organik bogʻlovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlar, ularning fizik mexanik 
xossalari va tayyorlash texnologiyasi.
15.Organik bogʻlovchi materiallarni tashish, saqlash va xavfsizlik texnikasi. 
Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurishdan avval yo‘l qurilishi materiallari 
tanlanadi. Yo‘l qurilishi materiallarini tanlashda albatta avtomobil yo‘llari va 
inshootlarini qanday sharoitda ishlashini va ularning tashqi kuchlariga qanday bardosh 
berishini hisobga olish lozim. Transport harakatidan yo‘l qoplamasida vujudga 
keladigan deformatsiyalarni, ya’ni geometrik o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishlar bilan 
zo‘riqishlar orasidagi munosabatlar oldindan bilmasdan turib yo‘l qurilishi 
materiallarini tanlab bo‘lmaydi. Demak, avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish va 
ularni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan materiallarning tarkibi, tuzilishi, kimyoviy , 
fizika va mexanik xossalari, texnologiyasi va foydalanish xususiyatlarini ifodalovchi 
ko‘rsatgichlarni oldindan bilish kerak. Avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, 
saqlash va ta’mirlash ishlarini bajarishda har xil qurilish materiallaridan keng 
foydalaniladi. Ana shu qurilish materiallari ichida asosiy o‘rinni maxsus organik 
bog‘lovchilar va ular asosida tashkil topgan asfaltobetonlar egallaydi. Organik 
bog‘lovchilar xilma-xil birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, avtomobil yo‘llari, 


aerodromlar, yer osti yo‘llari, ko‘priklar, shlyuzlar, gidrotexnik inshootlar va boshqa 
qurilish ishlarida, hamda gidroizolyasiya materiallari (pasta, rulon materiallar) 
tayyorlashda ishlatiladi. Organik bog‘lovchilar asosida tashkil topgan asfaltobeton yo‘l 
qoplamalari elastik materialdan iborat bo‘lib, transport vositalari qatnovi natijasida 
vujudga keladigan shovqinni kamaytiradi, transport harakati xavfsizligini ta’minlaydi.
Organik bog‘lovchi materiallar deb, issiq-sovuq ta’sirida fizik-mexanik 
xossalarini o‘zgartirib, yuqori molekulali birikmalardan hosil bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy, 
qattiq, plastik, hamda suyuqbo‘lgan moddalar gruppasiga aytiladi. Organik bog‘lovchi 
materiallar, qanday xom ashyodan olinganligiga qarab, bitumli va qatronli xillarga 
bo‘linadi. Organik bog‘lovchi materiallar yo‘l qoplamasini qurish, yo‘lkalar, 
maydonlar, tomga yopiladigan rulon va gidroizolyatsion materiallar, beton va metallarni 
zanglashdan saqlash, hamda radioaktiv nurlanishidan saqlash uchun keng ko‘lamda 
qo‘llaniladi.
Tabiiy organik bog‘lovchi materiallar qadimdan ma’lum bo‘lib, 4000 
yilda Vavilon hamda Misrda qurilish materiali sifatida ishlatib kelingan. Yangi tog’‘ 
jinslari, ya’ni ohaktoshning topilishi bilan asfalt materiallarni qo‘llash birmuncha 
kamaydi, lekin XVII asrdan boshlab, asfaltga yana qiziqish boshlandi. Shu orada Eron, 
Kuba, Shveysariya hamda
Fransiya mamlakatlarida asfalt qatlamlari aniqlandi. 
Yo‘llar, ko‘priklar qurishda asfalt keng qo‘llanila boshladi. Bizning mamlakatimizda 
1925-1927 yillardan boshlab organik bog‘lovchi materiallarni ishlatish ustida har xil 
ilmiy ishlar olib borildi. Ilmiy ishlarning natijasida Davlat umumittifoq standarti 
(GOSTlar) vujudga keldi. 


Organik bog‘lovchi materiallar kimyoviy qayta ishlash natijasida, quyidagi asosiy 
qurilish xossalariga ega bo‘ladi; 
a) Organik bog‘lovchi materiallarni 80-160
0
C darajada qizdirib eritilgan yoki 
suyultirgach (mazut, neft, kerosin) lar qo‘shilganda, ular suyuq holatga o‘tib, tuproq, 
tosh va boshqa qurilish materiallari bilan yaxshi va tez aralashadi. 
b) Harorat 20 - 30
0
C daraja pasayganda yoki suyultirgichlar parlanganda organik 
bog‘lovchi materiallar qota boshlaydi va mustahkam beton kabi chidamli qurilish 
material hosil bo‘ladi. 
v) Bitum va qatron o‘zidan suv qaytarish xossasiga ega, hamda kimyoviy jihatidan 
chidamli hisoblanadi. 
Bitumlarga quyidagilar kiradi: 
-Tabiiy bitumlar yuqori malekulali uglevodlar va ularning metallmas moddalar 
(C,H,O) bilan birikmasi bo‘lib, suyuq yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Tabiiy bitumlar 
cho‘kindi tog’‘ jinslariga shimilgan bo‘lib, neft konlariga yaqin joyda bo‘ladi va 
tabiatda neftdan paydo bo‘lgandir. 
-Asfalt jinslar g‘ovak tog’‘ jinslari (ohaktosh, dolomit, tuproq, qum, qumtosh) ga 
bitum shimilgan bo‘ladi. 
Ulardan bitumni ajratib olish, ularni maydalab asfalt sifatida ishlatish mumkin. 
- Neft bitumlari-neftni qayta ishlashdan olinadi. 

Download 464.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling