1-ma’ruza Organik bogʻlovchi materiallar. Reja
Download 464.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-rasm. Bitumning qovushqoqligini aniqlovchi zamonaviy viskozimetr VISCOlab 3000 asbobi
- Ximik xossasi.
- Fizik-mexanik xossalari
Bitumni xossalari.
Bitumni zichligi 0,8-1,3 g sm 3 atrofida, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,5- 0,6 Vt (m. 0 s) 160 0 C da 5 soat davomida qizdirilsa 1% vazni yo‘qoladi, yonish temperaturasi-230-240 0 C. Fizik-ximik xossalari. 20-25 0 Cda bitumni sirt tarangligi 25-35 erg sm 2 . -Eskirishi-bitumni tarkibi va xossalarini vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mo‘rtligini oshiradi, suv yuqmasligini kamaytiradi. Quyosh nuri va kislorod ta’sirida bu jarayon tezlashadi. 9.1-rasm. Bitumning qovushqoqligini aniqlovchi zamonaviy viskozimetr VISCOlab 3000 asbobi -Reologik xossasi-suyuq bitum suyuq materialga xos qonunlarga mos tushsa, qattiq bitum esa bir paytni o‘zida ham plastik va elastik xossalariga ega. Ximik xossasi. Bitum 50%li ishqor, 25%li HCl, 10% uksus kislotasiga bardosh bera oladi. Bitum organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ximiyaviy moddalarga chidamliligidan foydalanib bitum qurilishda temirbeton buyumlar, temir trubalar va shu kabi himoya qilishda keng ishlatiladi. Fizik-mexanik xossalari Bitumni markasini uni qattiqligi, yumshash temperaturasi va cho‘ziluvchanligiga qarab aniqlanadi. Bitum markasi ishlatilish joyiga qarab bitum 3 ga bo‘linadi: qurilish (BN), tombop (BNK), yo‘l uchun (BND). Bitumlarning yo‘l qurilishida ishlatilishi. Bitumning ishlab chiqarish texnologiyasi, bitumning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, fizik va mexanik xossalarining shakllanishini ta’minlaydigan yuqori haroratga, havoning siyraklanishi kislorod, har xil erituvchilar, sirtqi faol: va polimer moddalarning neft mahsulotlariga ta’siriga asoslangan. Bitum ishlab chiqarish texnologiyasi gudron (neft qoldig‘idan hosil bo‘lgan qora kuyka mahsulot, turli texnika ishlarida ishlatiladi) yoki gudronning boshka neft mahsulotlari bilan aralashmasini davriy yoki muntazam kuchlar ta’sirida naysimon reaktorlar, oksidlovchi kublarda oksidlanishga asoslangan. Bu texnologik jarayon orqali oksidlangan bitumlar olinadi. Vakuumli qurilmalarda mazutdagi yog‘li fraksiyalarni saralash yo‘li bilan yopishqoq bitumlarga qo‘yilgan talablarni qondiruvchi neft qoldig‘i olinadi. Bunday bitumlar qoldiq bitumlar deyiladi. Bu texnologiya bo‘yicha yopishqoq bitum hosil bo‘lgunga qadar gudron oksidlanadi. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling