1-ma’ruza Organik bogʻlovchi materiallar. Reja


Qattiq bitum va qatronlar


Download 464.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi464.2 Kb.
#1480132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza (2)

Qattiq bitum va qatronlar- 20-25
0
C da qayishqoq va mo‘rt xossaga, 180-
200
0
C da esa siljishlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
2) 
Yopishqoq bitum va qatronlar- 20-25
0
C da yarim qattiq material holida 
bo‘lib, yuqori plastik va kam egiluvchanlikka ega bo‘ladi. 
3) 
Suyuq bitum va qatronlar- 20-25
0
C da yarim suyuq material holida bo‘lib, 
ularning tarkibidagi uchuvchi yengil uglevodorodlar uchraydi. Ularning uchib chiqishi 
natijasida, suyuqbitum va qatronlar qotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra bitumlar: 
1) 
Oksidlangan; 2) Qoldiq; 3) Kreking. 
Qatronlar esa: 
1) 
Haydalgan; 2) Tayyorlangan bo‘ladi. 
Organik bog‘lovchilarning asosiy xususiyatlari xom ashyolarning turiga bog‘liq. 
Bitum ishlatiladigan xom ashyolarni quyidagicha izohlash mumkin: 
Tabiiy bitumlar - qattiq, suyuq yoki yopishqoq, rangi qora yoki jigarrang bo‘lib, 
tabiatda sof holda deyarli uchramaydi, asosan cho‘kindi tog’‘ jinslari, ohaktosh va 
qumga shimilgan holatda uchraydi. Tarkibida 5% dan 20% gacha tabiiy bitum bo‘lgan 
tog’‘ jinslari asfalt deyiladi. Asfalt 25% moy, 20% smola va 55% asfaltendan tashkil 
topgan bo‘lib, uning zichligi 1,10-1,20 g/sm
3
, yumshash darajasi 145-215
0
C. Asfaltlar 
tarkibida yana asfaltog’en kislota va angidridlar bo‘ladi. Tabiiy bitumlar shimilgan qum 
va qumoq tuproq kir deyiladi. Kirlar tarkibidagi bitum miqdori tog’‘ jinsining hajmiga 
nisbatan 10-25% ni tashkil etadi. Kir tarkibidagi asfaltlar 35% moy, 30% smola va 30% 
asfaltenlardan iborat. 
Tabiiy suyuq bitumlar- maltalar sof holda bo‘lib, tog’‘ jinslari ko‘pincha kirlar 
tarkibida uchraydi, maltalarning zichligi 0,96-1,03 g/sm
3
bo‘lib, 55% moy, 10% smola, 
15% asfaltendan iborat. Maltalar 76%-uglerod, 10%-vodorod, 10%-kislorod, 1%-
oltingugurt, 1% azot va 1% boshka elementlardan tashkil topgan. 
Tabiiy bitum qizdirilganda asta-sekin yumshaydi, sovutilganda qotadi. Suvda 
parchalanmaydi, benzol, skipidar, xloroform va boshqa organik erituvchilarda oson 
eriydi. Tog’‘ jinslarining issiq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlash natijasida sof 
tabiiy bitum oladi. 
Neft bitumlari- moysimon, rangsiz holatda to‘q qora ranggacha bo‘lib, murakkab 
birikma, ya’ni kislorodlar azot, oltingugurt birikmalari, hamda uglevodorodlardan 
iborat.
Neft tarkibida:
-83-87%- uglerod; 
-12%-vodorod 
-2%-kislorod; 
-0,2%- azot ,
-5%-oltingugurt bo‘ladi. 
Neftning massasi 0,85

0,97g/sm
3
, zichligi 0,73dan 1,04 
g/sm 
3
bo‘ladi. 


Neft quyidagi kimyoviy uglevodorod gruppalariga bo‘linadi: metan (parafinli), 
naften (sikloparafinli), benzol (xushbo‘y). 
Slanetsli bitumlarning asosiy xom ashyosi yonuvchi slanetslar hisoblanadi. U 
mineral birikmalar, ya’ni karbonatlar gruppasi-ohaktosh, kvars va tuproqdan tashkil 
topgan bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,3-1,7 g/sm

ga teng, rangi och va qung‘ir rangdan 
iborat. Yonuvchi slanetslar cho‘kindi tog’‘ jinslariga mansub bo‘lib, kerogendan tashkil 
topgan. Kerogen 65-80% uglerod, 8-11% vodorod, 5-12% kislorod va boshqa 
elementlardan iborat bo‘lib, kerogen organik bog‘lovchilarda erimaydi va 200
0
C dan 
yuqori haroratda ajralib chiqadi. Bu mahsulot zararli hasharotlarning yo‘qolishida, paxta 
hosildorchiligini oshirishda va chidamli qurilish materiallari (g‘ishtlar, bloklar) ishlab 
chiqarishda va hokazolarda ishlatiladi. 

Download 464.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling