O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet103/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Vilgelm Diltey (1833—1911) - “Hayot falsafasi”ning nitsshecha talqinidan keyin G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida “akademik” hayot falsafasi oqimi vujudga keldi. Bu oqimningasoschisi Vilgelm Dilteydir.
Diltey o‘zining nazariy vazifasini “tarixiy tafakkur”ni tanqidiy tahlil qilib chiqishda, tarixiy ta’limot uslubining yangi talqinini berishda xamda shu asosda tarixiy dunyoqarashning kelajagi va natijalarini ko‘rib chiqishda ko‘radi. Ana shu muammoni echishda hayot falsafasi tushunchalari apparatidan foydalanadi, “hayot” falsafasini birmuncha rivojlantiradi. Lekin, u Nitsshedan farqli o‘laroq ilm-fan ahami­yatini inkor qilmaydi. Aksincha, Diltey inson, jamiyat, tarix madaniyat haqidagi fanlarni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot sohasi ruhiyat bilan, ruhiyat faoliyati bilan bog‘liqdir.
Diltey fikricha, tashqi dunyo ishonch, tafakkurlash jarayonida vujudga kelmaydi, balki ichki intilish, iroda va hissiyot orqali paydo bo‘ladi. Inson intilishi hayotda benihoya katta rol o‘ynaydi. Inson, Diltey fikricha, intilishlar yig‘indisi, “tizimidir”. Ana shu intilishlar va qiziqishlar irodaviy hapakatga chorlaydi va qarama-qarshilikka uchrab, bizda tashqi olam, ob’ektlar to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi.
Tabiat insonga begonadir, deydi Diltey. Tabiat hodisalari alohida fenomenlar sifatida bizga tashqaridan beriladi, ular o‘z holicha “soqovdir” va hech nima demaydi. Tabiatni bilish uchun biz tasavvuriy simvollarga (belgilarga) murojaat qilishimiz ke­rak Tabiat hodisalari sababiy bog‘lanishini biz tafakkurimizda sintez oqibatida bilamiz, ya’ni ana shu sababli bog‘lanish bizning ichimizda sodir bo‘ladi.
Lekin tabiat ruhiyat fanlari uchun asosdir. Ruhhaqidagi fanlarning predmeti hayotdir. Hayotni dunyodan emas, balki dunyoni hayotdan tushuntirish kerak31.
Georg Zimmel (1851–1918) - Hayot falsafasining atoqli namoyondasi.Uning fikricha, “hayot” cheksiz hayot turlari va doimiy o‘zgarishdagi “ijodiy jarayon” bo‘lib, u umumiylik va qonuniyatlardan xolidir. Shu sababli, “hayot” va “aql” ni tenglashtirish mumkin emas. “Hayot”, Zimmel fikricha, ijodiy jarayonning vujudga kelishidir. Bu jarayonni aql vositalari bilan tushuntirib bo‘lmaydi, buni faqat ichki iztirob, intuitsiya orqali tushunish mumkin. Ana shu hayot iztiroblari madaniyatning ko‘pgina shaqllari orqali ob’ektivlashadi. Zimmel falsafiy qarashlarining shaqllanishida Shopengauer va Nitsshe ta’limotlarining ta’siri kuchli bo‘lgan.
Zimmel umumiy qonun o‘rniga faqatgina intuitsiya orqali bilish mumkin bo‘lgan “individual qonun” ni yoki inson taqdirini qo‘yadi. Hayotni doimiy “o‘z-o‘zini anglash” sifatida talqin etadi. Shunga ko‘ra, Zimmel hayotni ta’riflashda quyidagi ikki tushunchadan foydalanadi. Ulardan birinchisi, “hayotdan afzalroq” (Mehr–Leben”), ikkinchisi “hayotdan ham muhimroq” (“Mehr–als–Leben”) tushunchalaridir. Hayotniing birinchi darajasi tabiat, oila, jamiyat ko‘rinishida, ikkinchisi, hayotning oliy ruh darajasi bo‘lib, madaniyat turlari ( din, san’at va fan) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Zimmel “formal sotsiologiya” asoschisi bo‘lib, u jamiyatni son-sanoqsiz ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar yig‘indisi sifatida ta’riflaydi. Bu o‘zaro ta’sirlarning turlari umumiy xarakterga egadir, ammo ularning mazmuni (maqsad va motivlari) o‘zgaruvchan bo‘lib, konkret-tarixiy xarakter kasb etishini e’tirof etgan.
U insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni ularda ishtirok etayotgan kishilarning miqdoriga, munosabatlari va makoniga ko‘ra turlarga ajratadi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyatning asosiy xususiyatlari mavjud ijtimoiy “mato”ni birlashtiruvchi va ajratuvchi maqomga ega bo‘lgan intellekt va puldan iboratdir.
Zimmel. g‘oyalari XX asrning faylasuf va sotsiologlari A.Firkandt, L.Vize, M.Veber, G.Lukach ijodiga, shuningdek, Frankfurt maktabi, falsafiy antropologiya, postmodernizm oqimlariga ham ta’sir etdi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling