O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet137/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Iqtisodiy tizim – jamiyat oldida turuvchi iqtisodiy muammolarni hal etish usullari, mexanizmlari va vositalari yig‘indisidir. Ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va birgalikda harakat qiladi. Uning tarkibiga ishlab chiqaruvchi kuchlar kiradi. CHunki tabiat resurslari inson xizmatiga jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari orqali qo‘yiladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning tarkibiy qismi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:

  • Ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi;

  • Ilmiy bilimlar;

  • Mehnat vositalari;

  • Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi;

  • Iqtisodiy ishlab chiqarish infrastrukturasi.

SHunga alohida etibor berish zarurki, ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘z tarkibi va vazifalari nuqtai nazaridan hamma iqtisodiy tizimlarda bir xilda bo‘ladi va rivojlanish darajasi jihatidan esa farq qiladi.
Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat bilan munosabatga kirishibgina qolmaydi, shu bilan birga bir-biri bilan munosabatga kirishadi, bunday munosabatlar iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy tizimlar har-xil mezonlarga asoslanib turlicha farqlanadi. Xususan, Marks ta’limotida iqtisodiy tizimlar formatsiya deb qaralib mulkiy va sinfiy mezonlar asosida uning besh turi, ya’ni ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm farqlanadi.
AQSH olimi U.Rostou asos solgan “rivojlanish bosqichlari” nazariyasida jamiyatning ikki, ya’ni an’anaviy va industrial tipi ajratildi. SHunga asoslanib iqtisodiy rivojlanish an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, yangi turmush sifati bor jamiyat bosqichlari ajratiladi. Ushbu nazariya tizimlarni farqlashda ishlab chiqarish kuchlarining darajasini mezon qilib oladilar.
K. Makkonell va S. Bryular “hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy tizim asosan ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shakli va iqtisodiy faoliyatni boshqarish va muvofiqlashtirish usuli bilan farqlanadi”88, deb hisoblaydilar.
SHunga asoslanib ular iqtisodiy tizimlarning sof kapitalizm, buyruqbozlik, aralash va an’anaviy shakllarini farqlaydilar. Bozor iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm iqtisod tizimida resurslarga xususiy mulkchilik mavjud bo‘ladi. Tartibga solib turuvchi mexanizm sifatida bozor maydonga chiqadi. Hamma majud asosiy iqtisodiy muammolarni bozor, baho, talab va taklif, raqobat, foyda va zarar belgilaydi. Bozor iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Bunda raqobatning mavjudligi har bir mahsulot va resurslarni ko‘p sonli sotuvchi va haridorlarning mavjudligini bildiradi, binobarin buning natijasida iqtisodiy hokimiyat yoyilgan bo‘ladi. Agarda bozor o‘z mexanizmi bilan iqtisodiyotni tartibga solasa unda davlatning roli xususiy mulkni himoya etish va zarur huquqiy asosini shakllantirish orqali erkin bozorlarning harakat qilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunday iqtisodiy tizim XVII-XIX asrlarda mavjud bo‘lgan.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimida iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha davlat qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish vositalariga davlat mulki o‘rnatilgan bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyat esa markazlashtirilgan rejalashtirish vositasida boshqariladi. Unda bozor inkor etiladi, uning vazifasini markazlashtirilgan direktiv rejalashtirish amalga oshiradi. Korxonalar davlatniki hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini yuqoridan belgilanadigan reja orqali olib boradilar. Buning uchun zarur bo‘lgan resurslar esa davlat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham davlat tomonidan taqsimlanadi. O‘tgan asrning 90-yillariga qadar “sotsialistik” deb atalmish mamlakatlar ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiy tizimga asoslangan edi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot deyiladi. Agar biz real voqelikni olib qarasak iqtisodiy tizimlar ikki qarama-qarshi iqtisodiy tizimlar (sof kapitalizm va ma’muriy-buyruqbozlik) o‘rtasida joylashgan bo‘lib, aralash iqtisodiyot deyiladi. U asosan resurslarga, turli xil mulkchilikka asoslanadi. Iqtisodiy faoliyat esa qisman bozor, qisman davlat orqali tartibga solinadi. Bunday iqtisodiyot hozirda hamma rivojlangan davlatlarda mavjud.
SHvetsiya iqtisodiyoti modelini olsak, unda iqtisodiy barqarorlik va daromadlarni qayta taqsimlashda davlat faol qatnashadi. Ushbu tizimning asosini iqtisodiy-siyosat tashkil etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yuqori soliqlar belgilangan. Soliqlar yalpi milliy mahsulotning 50%ini tashkil etadi. Buning natijasida bu mamlakat aholisining yashash darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqoridir.
AQSH iqtisodiyotida davlat “iqtisodiy o‘yin” tartiblarini, maorif tizimini rivojlantirishda, biznesni tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Avvalo iqtisodiy faoliyatga tegishli bo‘ladigan qarorlar bozordagi ahvol, unda bahoning shakllanishidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Aralash iqtisodiyotning ustun tarafi shundan iboratki, u resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarishning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Ko‘pgina sust rivojlangan mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiy tizimlar mavjud. Unda ishlab chiqarish texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni tadbiq etish cheklangandir, chunki ular an’analar bilan to‘qnashib ijtimoiy qurilmaning barqarorligiga havf soladi. Diniy va madaniy qadriyatlar nisbatan birlamchi hisoblanadi. Jamiyat oldida turuvchi muammolar o‘sha an’analar, urf-odatlar asosida hal etiladi.
SHuni ham ta’kidlash zarurki iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof etilgan yo‘li mavjud emas. SHuning uchun har bir davlat o‘zining rivojlanish darajasi hususiyatidan kelib chiqqan holda resurslarni samarali ishlatish usullarini ta’minlashga harakat qiladi.
SHunday qilib, jamiyat moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beruvchi iqtisodiy taraqqiyot ro‘y berishi uchun kerakli omillar va shart-sharoitlarning mavjudligiga zarurat yuzaga keladi. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Mehnat: mehnat samaradorligining yuqoriligi, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish (inson omili);

  • Ish kuchi: malakali va yuqori salohiyatga ega ishchilar, ularning malakasini muntazam oshirib borishga e’tibor qaratish (inson omili);

  • Mehnat qurollari va texnologiyalar: ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash, texnologik innovatsiyalarni ishlb chiqarish jarayoniga keng tadbiq etish (texnologik omil);

  • Ilm-fan: ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va boshqarish, yangi resurslarni qidirib topish, moddiy ashyolarning noma’lum xususiyatlarini kashf etish borasidagi ilmiy nazariyalar (ilm-fan omili);

  • Mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish (siyosiy-huquqiy omil);

  • Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish siyosatini izchil olib borish (siyosiy omil).


Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling