O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Yangi davr
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida liberalistik harakat vakillarining burjua tartibotlarini (xususiy mulkchilikni, ishbilarmonlik va konkurensiya erkinligini va shu kabilarni) mustahkamlashga intilishlari bilan bir qatorda ana shu jamiyatni tanqid ostiga olgan faylasuflarning qarashlari ham rivojlandi. Yangi davr Angliya falsafasining asoschisi F.Bekon (1561-1626) o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari bo‘yicha kapitalistik rivojlanish manfaatlarini himoya kiluvchi shaxs edi. Jamiyat hayotidagi asosiy omilni Bekon fikricha, sanoat va savdo-sotiqning rivojlanishi o‘ynaydi. U dvoryanlarni faoliyatsiz va layokatsiz deb, ularga berilgan hukuk va imtiyozlarga karshi chiqadi. U “Savdorgarlar siyosiy tananing asosiy arteriyasini tashkil qiladi”, — deb yozgan edi. Bekon xalkni tartibsizlikning manbai deb hisoblaydi. Bekonning kog‘ozlari ichidan “Utopiya”sining tugallanmagan qo‘lyozmasi topildi. Uning nomi “Yangi Atlantida” (1604), deb atalgan. Undan ma’lum bo‘ladiki, Bekon “oltin asr” xaqdda orzu qilgan. Uning fikricha, ma’rifat va turli texnikaviy kashfiyotlar yordamida, jumladan, uchuvchi mashinalar, suv osti kemalari kashf qilinishi jamiyat farovonligiga olib kelishi mumkin ekanligi ta’kidlanadi. Lekin Bekonning bu ig‘gor qarashlari uning Buyuk Britaniyaning umumjahon hukmronligi to‘g‘risidagi reaksion qarashlari bilan qorishib ketgan edi. U Angliya burjuaziyasining kolonial sieyoati va buyuk davlatchilik inti-lishlarini nazariy asoslashga intilgan. Masalan, “Bir xalq o‘z boyligini faqat boshqa xalk hisobiga rivojlantirishi mumkin”, deb yo’zgan edi. Urushlar siyosiy tananing zaruriy mashqidir. Tinchlik davri mardlikning yo‘qolishiga olib keladi. Tomas Gobbs (1588-1679) falsafasining eng qimmatli tomonlaridan biri uning ijtimoiy hayot masalalari haqidagi ta’limotidir. Uning “Fuqaro hakida” va “Leviafan” asarlari davlat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan. Gobbs ijtimoiy hodisalarni o‘z zamonasining mexaniq tabiatshunosligi nuqtai-nazaridan hal qilishga intilgan. Uning fikricha, jamiyat gigant bir mexanizmga o‘xshaydi. Inson esa, bu mexanizmning kichik bir qismidir. U o‘z-o‘zini saqlash hissi bilan harakatga keluvchi egoistdir. Gobbs o‘z oldiga shunga o‘xshash “aksioma”lardan butun ijtimoiy fanning mazmunini keltirib chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Gobbsning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi muxim jihatlardan biri shuki, u davlatning kelib chiqishi va mohiyatini ilohiylashtirishdan voz kechadi. Uningcha, davlat ilohiy emas, balki sof tabiiy jarayondir. Davlat odamlar tomonidan yaratilgan, deydi. Gobbsning ta’limoticha, insonlarning dastlabki tabiiy holatida, ya’ni fuqarolikkacha bo‘lgan holatida cheksiz egoizm va dushmanlik, yovuzlik hukm suradi. “Inson insonga nisbatan bo‘ri”. Bir guruh odamlarning egoistik ruhdagi intilishlari boshqa guruh a’zolari intilishlariga qarshi keladi. Natijada “hammaning hammaga qarshi urushi” kelib chiqadi. Har bir odam o‘ziga yo‘l ochish uchun boshqa odamni yo‘q qilishga intiladi. Gobbs o‘zining xuddi ana shu fikrlari bilan ma’lum darajada yangi jamiyatga xos bo‘lgan hususiyatlarni, ya’ni raqobatni, anarxiyani, urushlarni, kishini kishi tomonidan ezishni aks ettiradi. Gobbs bo‘larni jamiyatning “tabiiy holati” deb biladi. Gobbs hamma odamlar o‘z tabiati jihatidan bir-biriga tengdirlar, deydi. Lekin u o‘zining bu ilg‘or fikridan noto‘g‘ri xulosa chiqarib, go‘yoki odamlarning tengligi uzluksiz ziddiyatlar va o‘zaro to‘qnashuvlarga olib keladi, deydi. Gobbsning fikricha, tabiiy holatdan ijtimoiy holatga, ya’ni davlatga o‘tish o‘zaro kelishuv, “shartnoma” asosida yuz beradi. U davlatni “Bibliya”dagi afsonaviy hayvon Leviafanga o‘xshatadi. Fuqarolar qodir davlatning qullaridir, o‘ziga xos organizmning, sun’iy, murakkab tananing qulidir. Odam bu organizmning bir bo‘lakchasi bo‘lgani uchun davlatga va uning hukmdorlariga qarshi chiqishga qodir emas. Gobbs xalk suvereniteti g‘oyasiga qarshi kurashadi. Boshqarishning eng yaxshi usuli deb, u monarxiyani tan oladi. Gobbsning falsafiy ta’limotida o‘sha zamon mexanistik falsafasining taraqqiyparvar g‘oyalari ustunlik qiladi. Ijtimoiy-siyosiy qarashlarida esa antidemokratik an’analar hukmronlik qiladi. Lekin Gobbsning nuqtai-nazari royalistlar, katoliklar nuqtai-nazaridan farq qiladi. Ma’lumki, ular feodal davrga yoki yarim feodal davrga qaytish uchun inqilobga qarshi kurashganlar. Gobbs o‘zining “Leviafan” asarida feodal jamiyatga qaytish maqsadi bilan emas, balki yuqori burjua qatlamlarining, burjualashgan davlatlarning manfaatli maqsadi, savdo va sanoatni rivojlantirish maqsadida inqilobga qarshi kurashni targ‘ib qiladi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling