O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet98/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Gegelning tarix falsafasi

Sustansional iroda (ma’naviylik)

Oila


Jamiyat

Davlat



Tuzum


Tashki siyosat

Butun jahon tarixida ruhning erkinligida ong jarayonining roli













SHarqiy dunyo (zolimning - bitta zrkinligi)

Xitoycha: birlik — erkinliksiz

Hindcha: ko‘pchilik adolatsizlikdan

Eroncha: tabiiy — ijtimoiy dualizm

Antik dunyo (ayrimlarning erkinligi)

Afinachilik: birliksiz erkinlik

Makedoniyacha: adolatsiz individualizm

Eroncha; davlat va fuqaroning dualizmi

German dunyosi (barcha uchun erkinlik)

Ilk xristianchilik erkinlarining birligi

Teokratik feodal absolyutizm

Reformatorlik: oqil oqimiyatchilik



Lyudvig Feyerbax (1804–1872) – nemis klassik falsafasining yirik namoyandasi. Uning fikriga ko‘ra, inson axloq-odob bobida hissiyot talablariga hamohang tarzda harakat qiladi. Hissiyot shakllari xilma-xil bo‘lib, ular hayotga muhabbat, baxt-saodatga intilish, manfaat, egoizm, inson hissiy tabiatini qondirishga bo‘lgan ehtiyoj, muayyan noz-ne’matlardan lazzatlanishdan iboratdir. Insonning o‘z tabiiy manfaatdorligiga ko‘ra baxt-saodatga intilishi zaruriy harakatdir. Unga erishish erkinlik orqali ro‘yobga chiqadi. Masalan, qush havoda, baliq suvda, inson esa u uning baxt-saodatga erishishiga monelik qila olmaydigan sharoitdagina erkindir.
Feyerbaxo‘zining insonparvarlikka asoslangan ijtimoiy qarashlarini axloqiy tamoyillar ko‘magida ishlab chiqishga urinadi. Uning fikricha har bir insonning odilona, to‘g‘ri uqib olgan manfaati jamiyat manfaatiga mos tushadi. Bu borada egoizm, sahovat va muruvvat tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Egoizm – ayrim shaxsning molu mulkka qul bo‘lishi emas, balki u insoniy ehtiyojlarning namoyon bo‘lishi. Adolatli jamiyatda ehtiyojlar raqobati, sahovat va muruvvat orqali hal etiladi. Feyerbax ta’biricha, egoizmni tan olmagan inson – kallasiz inson, muruvvatdan yiroq inson esa qalbsiz insondir. Har bir inson o‘z holicha baxtli bo‘la olmaydi, uning baxti boshqalarning baxtiyorligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Feyerbaxning antropologik falsafasi nemis klassik falsafasini nihoyasiga etkazdi. Unda ko‘rilgan muammolar va ularning echimi Feyerbaxgacha bo‘lgan ko‘pgina falsafiy qarashlardan, jumladan Gegel va marksizm falsafasidan qator jihatlari bilan farq qiladi. Uning asarlarida g‘oyat sermazmun g‘oyalar bilan yonma-yon, chuqur tahlil talab fikr-mulohazalar ham o‘rin olgan.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling