O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770–1831) - Uning fikricha ob’ektiv ruh o‘zini oila, fuqarolar jamiyati va davlat orqali namoyon qiladi. Davlatchilik g‘oyasining haqiqatan amalga oshishini faqat insoniyatning tarixiy rivojida, ya’ni ob’ektiv ruh to‘laligicha namoyon bo‘ladigan butun jahon tarixida kuzatish mumkin. SHunday qilib, huquq falsafasi mantiqan tarix falsafasiga o‘tadi va uning timsolida, o‘z nihoyasiga etadi (“Tarix falsafasiga doir ma’ruzalar”. 1837). Umuman olganda, tarixni “erkinlikni anglagan ruh”, deb talqin etgan Gegel o‘z oldiga tarixiy jarayon davomida dunyoviy ruhning alohida xalqlar ruhining turli shakllari orqali tadrijiy rivojini o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. Bunda tarixdagi har bir davrning o‘zligi dunyoviy ruhni anglagan alohida bir xalqning etakchilik qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu vazifani bajargach, u estafetani boshqa xalqqa beradi. Gegel bu erda tarixiy qonuniyat g‘oyasini rivojlantirib, tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarini o‘zaro bog‘liqligi hamda ulardan har qaysisi umumiy ruhning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi shakllaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Gegelning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida o‘zini yaxlit, bir butun holda namoyon qilgan umumiy ruh mutlaq ruhning o‘zi bo‘lib, u ham o‘z navbatida uch shaklda rivojlanadi: san’atdagi intuitsiya shaklida ("Estetikaga doir ma’ruzalar". 1835–1838), diniy tasavvurlar va falsafiy tushunchalar ko‘rinishida bo‘lib, so‘nggisi umuman falsafani emas, balki falsafa tarixini anglatadi. Gegel o‘zining “Tarix falsafasi doir ma’ruzalar”ida (1833–1836) tarix falsafasi faniga asos soldi va uni rivojlanib boruvchi jarayon, deb hisoblab har bir falsafiy ta’limotni muayyan xalqning tarixiy taraqqiyoti davomidagi o‘zligini anglashning zaruriy bir bosqichi sifatida talqin etdi. Mutlaq haqiqatni dialektik jarayon sifatida, tushungan Gegel oxir–oqibat o‘z ta’limotini falsafa taraqqiyotining eng mukammal va so‘nggi bosqichidir, degan xulosaga keladi. Gegel o‘zining “Huquq falsafasi” asarida shunday yozadi: “Ruh tarixi, faoliyati, uning o‘zini-o‘zi ruh sifatida shakllantirishidan boshqa narsa emas. Ruh erishgan narsa, bu - ruhning o‘zidir. O‘zining intihosida, ruh, ibtidosidan ko‘ra ko‘proq shakllangan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixi borasida umumiy ruh, ong insoniyatga hos bo‘lib, avtomatik ravishda emas, balki insonlarning ahloqiy faoliyati natijasida, bashariyatning o‘zini-o‘zi rivojlantirish va o‘zini – o‘zi tarbiyalash qonuniyatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tasodiflar va chegaralangan(izolyasiyalangan)ligini tasdiqlovchi ko‘plab fakt va holatlar bo‘li-shiga qaramay, ular, ya’ni tarixiy taraqqiyot davrlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi”26. Gegelga ko‘ra, jamiyat tarixi dunyoviy ruh (olam ruhi, umumruh) miso-lida vaqt davomida rivojlanadi. O‘z taraqqiyotining har bir bosqichida ma’lum bir maqsadni ko‘zda tutadi. Tarixning umumiy maqsadi sifatida jamiyat va insonga nisbatan qo‘llaniladigan “ozod ruh kamoloti” e’tirof etiladi va bu insonning fuqarolik jamiyatidagi erkinligidir, ozodlik bu - ruh intilayotgan ichki bir maqsaddir. “Jahon tarixi ko‘p asrlardan beri cheksiz qurbonliklar evaziga intilayotgan maqsad – ozodlikdir,– deb yozadi Gegel, - Aynan o‘sha maqsad jahonda ro‘y berayotgan inson hayotidagi o‘zgarishlarni, tarixiy jarayonlarni boshqarib boradi. Bu albatta hayron qolarli emas, chunki inson erkin mavjudot. Bu uning tabiatini belgilab beradi”. Gegel dunyoviy ruhning taraqqiyotini insoniyat tarixiga tenglashtiradi. Ozodlik ravnaqi avtomatik emas, balki konkret insonlarning amaliy faoliyati, o‘z maqsad va qarashlari yo‘lida dunyoviy ruhga ma’lum bir ta’sir o‘tkazib yuzaga keladi. Tarixiy voqea va jarayonlarning kechishi, taraq-qiyotida alohida xalq va buyuk shaxslarning roli katta. Tabiiy shart-sharoitlar - geografik, antropologik joylashuv ham ayrim xalqlarga jahon tarixida dunyoviy ruh taraqqiyoti yo‘nalishida bir qancha ustunlik berishi mumkin (ayrim tarixiy jarayonlarda). O‘zining missiyasini tugatgan bu xalq “estafeta tayyoqchasi”ni boshqa halqlarga berib, tarixiy mavhumlikka singib ketadi. Tarixning yanada yuqori taraqqiyoti boshqa bir halq zimmasiga tushushi mumkin. Ilgarigi xalq esa, o‘zining avvalgi etakchilik rolini o‘ynay olmay koladi. Aloxida xalklar tomonidan amalga oshirilayotgan bu harakatlar olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi, hamda buyuk shaxslar bu jarayonlarda juda kata rol uynashi mumkin. Bu shunday ro‘y beradiki, ular dunyoviy ruhning tashuv-chilari sifatida namoyon bo‘ladi27. Umuman Gegelning iborasi bilan aytganda, jamiyat taraqqiyoti xalq tamoyilini qamrab oladi. Bundan kelib chiqib, dunyoviy ruh millatlarning, xalqlarning alohida hosil bo‘lishi tarixi va taqdiri orqali o‘z taraq-qiyotining turli pog‘onalarini bosib o‘tadi. Gegel dunyoviy ruhni tasodiflar bilan yuzaga keladigan substansiya ko‘rinishida izohlaydi. Dunyo tarixida hamma xalqlar ham hisobga kirmaydi. Ularning har biri o‘z tamoyillariga ko‘ra o‘z momentida namoyon bo‘ladi. Ular o‘z “missiyasi”ni o‘tab tarix sahnasidan ketadi va insoniyat tarixining yangi sahifalarini boshqa xalqlar yaratadi28.
Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling