O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasi
Ogyust Kont (1798–1857) – fransuz faylasufi va pozitivizm maktabi asoschisi. U fanga "sotsiologiya" atamasini kiritgan. U an’anaviy tarix falsafasi, tarixiy dalilografiya va siyosiy–huquqiy fikrdan farqli o‘laroq, ijtimoiy hayot hodisalarini ilmiy o‘rganishni ko‘zda tutgan. U bilim rivojidagi har bir keyingi daraja oldingisini zaruriy shart–sharoit, deb biladi. Kont “metafizik” falsafani rad etgan. Dunyoni adekvat aks ettirish uchun maxsus fanlardan foydalanish kifoya qilmaydi. Bilishning umumiy ilmiy metodlarini ishlab chiqib, ayrim maxsus fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ochib berib, ilmiy bilim sistemasini yaratish kerak. Bu –falsafaning azaliy vazifasi, ilgarigi falsafa barcha metafizik sarqitlardan tozalanib, qayta anglab olinishi kerak. Shunday qilib, pozitivizm fan falsafasi degan nomga da’vogarlik qildi. Asosiy fanlar pog‘onasi “matematika–astronomiya–fizika–ximiya–biologiya–sotsiologiya” ko‘rinishiga ega. Umumiy chizmadan ko‘rinadiki, sotsiologiya biologiya qonunlariga asoslanadi, lekin u undan tashqari, individlarning bir–biriga o‘zaro harakatidan kelib chiquvchi o‘ziga xoslikka ega. Bu o‘zaro harakat har bir avlodning keyingisiga ta’siri natijasida yanada murakkablashadi. Bu qoida “Pozitiv falsafa kursi”da asoslab berilgan. Uning birinchi jildi 1830 yilda chop etilgan. Kont barcha bilimlar astronomiyadan boshlab to sotsiologiyagacha empirik dalillardan, ularning o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadi. Jamiyatning statikasi va dinamikasi sistemali ravishda tadqiq etish natijasida h. kunda sotsiologiya, ijtimoiy fizika deb ataldi. “Pozitiv” so‘zi insoniyat hayotini ilmiy bilim asosida, ezgulik, baxt-saodatga etaklovchi g‘oya asosida tanlandi. YAngi pozitiv, ya’ni pozitiv falsafa tajribalardan olingan dalillarga tayanishini bildiradi va shuning uchun u haqiqiy ilmiydir. Pozitiv yondashuv ikkita tub o‘zgarishlarni taklif etadi. Fan sohasida metafizik tushunchalardan (sabab va hodisalarning mohiyatiga etishish) voz kechish. Fan tushuntirmaydi, hodisalarni, faqat tasvirlaydi. “Nima uchun” savoliga emas, balki “qanday” degan savolga javob beradi. Pozitivizm metafizik izlanish va bahs, tortishuvlardan voz kechadi. “Borliq”, “materiya”, “ong”, “mohiyat” kabi tushunchalarni rad etadi, chunki ular bevosita ilmiy eksperiment natijalariga emas, balki faqat fikrlash, mulohazalarga tayanadi. Tajribaga asoslangan, tajriba yo‘li bilan olingan bilimlar haqiqiydir, qolganlari esa yolg‘on. Pozitivizm falsafani fanga yaqinlashtirish va falsafiy ijod tamoyillarini shunga muvofiq tarzda qayta yaratishni ma’qullaydi. Faqat dalillargina pozitivizm predmeti bo‘la oladi. Fizikalizm – eng yuksak mukammal tushunchalarni va barcha ilmiy mohiyatlarni fizika shakllantiradi va ular eng mukammal tushunchalarga olib keladi. Pozitivizm falsafa tarixida birinchi bor avvalgi falsafaning asosiy mohiyatini va dunyoni tafakkurni mavhum usullari bilan anglash mumkinligini rad etadi. Kont o‘zi kashf etgan “sotsiologiya”fanini fundamental fanlar qatoriga kiritish maqsadida ijtimoiy rivojlanishning evolyusion nazariyasini yaratdi. Inqilobiy nazariyalardan voz kechib ular o‘rniga evolyusion tamoyillardan foydalanishni qo‘lladi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan tartibni inqilobiy yo‘l bilan emas, balki islohot bilan o‘zgartirish kerak. Evolyusion o‘zgartirishlar ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydi. Kont o‘z tadqiqotlarida oila rivojlanishining qonunlariga e’tibor berib, jamiyat rivojlanishining asosiy qonuni “tarixiy rivojlanishning uch bosqichi qonuni”ga alohida e’tibor bergan. XIX asrda Kont qarashlarida burilish yuz berdi. Kont sotsiologiyani “sub’ktiv usul” hisobiga “kengaytirish”ga va uni jamiyatni o‘zgartiruvchi “amaliy fanga” aylantirishga qaror qiladi. Kontning fikricha, alohida olingan odam, bu – “zoologik tur”, uning haqiqiy tabiati ulkan organizm bo‘lgan insoniyatdagina namoyon bo‘ladi. Kont jamiyatni ijtimoiy qayta tuzishda ma’naviy ustun bo‘lgan ikkinchi “teologik sintez” zarur, deb hisoblagan. Bu, albatta, tasodif emas edi. Uning ikkinchi “sotsiologiyasi” hozirda G‘arbda ommaviy bo‘lgan ekzistensial–fenomenologik xildagi “gumanistik sotsiologiyaning” ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling