O’kunchun sig’it birla go’rka kirar
***
Qorindan chiqarur, yana kirguzur, Shirin parvarishlabilonga berur,
Esiz bu tiriklik, esiz bu hayot,
O’kinch-nolabirla u go’rga kirur.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
O’kunchun-O’kinch, sig’it-nolaso’zlari ijodkor talabi bilan mazkur she’rda kontekstual sinonimlik munosabatiga kirishtirilgan. Bunda o’kinch- “nomaqbul, ko’ngilsiz ish, hodisa va uni tuzatib bo’lmaslik tuyg’usi tufayli yuz beradigan g’amginlik, xafalik”(O”TIL. IV, 145-bet) ma’nosini, nolaleksemasi esa-“g’am- alam, hasrat ifodalovchi ayanchli ovoz” (O”TIL.III.52-bet) ma’nosini bildiradi. Bir-biridan farq qiluvchi ma’no bildirgan leksemalar bir sinonimik qatorda kelib kontekstual sinonimlikni yuzaga keltirmoqda.
Boqijon To’xliyev asarni tabdilini keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallagani uchun ham unda hozirgi o’zbek adabiy tilidagi sinonim so’zlar ko’plab uchraydi. Biz ilmiy tadqiqot ishimizda ana shunday leksemalarni ham tahlilga tortdik:
Bilim o’ylab ko’rilsa misoli bir jilov. U barcha yomon, yaramas
ishlardan tiyib turadi. (Qutadg’u bilig. 12-bet)
Mazkur o’rindagi “yomon”so’ziga nisbatan “yaramas” leksemasining ma’no ottenkasi kuchliroq. Su sababdan ham “yomon” leksemasi “yaramas” so’zining ko’chma “yomon, qabih, noqobil”semasi bilan sinonimlik hosil qilgan. Bu esa fikrda ta’kid, ifodada kuchaytirish va ma’no ta’sirchanligini yuzaga
keltirishga xizmat qilmoqda.Yomon,yaramasma`nodosh so`zlari she`rdagi ta`sirchanlik hamda ekspressiv-ikni ta`minlash maqsadida qo`llangan.
Telba, tentak, aqli zaif bo’lganlargina boshqalarning savol va qiziqishlarini kutib turmasdan, gap boshlab yubora beradilar.
(Qutadg’u bilig. 28-bet)
Ushbu gapdagi telba, tentak, aqli zaif sinonim so’zlari “devona” dоminanta so’zi atrofida birlashib, bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Mazkur sinonimik qatorda “aqli zaif” so’ziga nisbatan “tentak”da, o’z navbatida “tentak’ka qaraganda “telba”da ekspressiv bo’yoqdorlik ko’proq. Telba so’zining ma’nodoshlari sanalmish tentak, aqli zaif so’zlarini ma`noni kuchaytirish va badiiylikni oshirish maqsadida qo`llagan. Ijodkor sinonim so`zlardan o`rinsiz takrorlarning oldini olish maqsadida foydalangan.
Kishi ezgulik qilishi kerak. Ezguning har bir qadami chiroyli, har bir qadami go’zal.
(Qutadg’u bilig. 19-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |