Atangni, anangni sevundur tushi,
Yanut berga tapg’ung tuman ming asig’.
***
Otang pandini sen tugal qil amal. Yurarsan bo’lib baxtiyor har mahal. Otangni,anangni sevintir tamom, Bu xizmat etirgay tilakka tugal.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ota- “erkak kishi o’z farzandiga nisbatan” ishlatiladigan so’z. Qadimgi turkiy tilde ham shunday ma’noni anglatgan bu so’z ata tarzida talaffuz qilingan. O’zbek tilida bu so’z boshlanishidagi a unlisi a^ unlisiga, oxiridagi a unlisi a” unlisiga almashgan:ata>a^ta”
O’sanma qatig’lan, yukungni enit, Yo’lung qilda yinchka, o’zungni qo’nit. Bu kun yatma emgap, ishingki etin, Kechar emgaking san ko’charda unit.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Emgak so’zi asli turkiycha leksema bo’lib, bu so’z hozirgi o’zbek adabiy tilida “qiyinchilik” ma’nosini bildiradi. Mazkur ot dastlab qadimgi turkiy tilde “mehnat, mashaqqat” ma’nosini anglatgan en, otining em shaklidan –ga” qo’shimchasi bilan yasalgan fe’lga –k qo’shimchasini qo’shib yasalgan: (en,>em+ga”=emga”-
)+k= emga”k
Qilinchi qari o’g’lan uzlug uqush, O’qush qayda bo’lsa,angar bar, yapush.
Kichigi sevuglug,qarisi amul,
O’zi tuzun,alchaq,ko’r,asg’I o’gush.
***
Zako-yoshdek,oqil qaridek-zehn, Zehn qayda bo’lsa, bor unga etin,
Qariligi savlat, go’zal yoshligi,
O’zi a’lo, afzal,talay, ko’r nafin.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Qari leksemasi etimologiyasi haqida to’xtalganda bu leksema “ko’p yashagan”,”keksa” manosini anglatgani, qadimgi turkiy tilda “keksay” ma’nosini bildirgan qarыfe’lidan ma’no taraqqiyoti yo’li bilan ajralib “harakat” ->”shunday harakat oqibatida voqe bo’ladigan holat” ; o’zbek tilida a unlisi a” unlisiga almashgan, ыunlisining qattiqlik belgisi yo’qolganligini bilishimiz mumkin: qarы-
> qarы ->qa”ri.
Kishik til ag’irlar, topar qut kishi, Kishig til ujuzlar, yarir er bashi.
***
Kishin til ulug’lar,topar qut kishi,
Kishin til tubanlar,yorilar boshi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
“Tananing bo’yindan yuqori (old) qismida joylashgan a’zo” ma’nosini anglatuvchi bosh leksemasi qadimgi turkiy tilde ham shunday ma’noni anglatgan va asli ba:sh tarzida talaffuz qilingan, keyinroq a: unlisining cho’ziqlik belgisi yo’qolgan. O’zbek tilida a unlisi a^ unlisiga almashgan: ba:sh>bash>ba^sh
Uqush ul yulateg qarangqu tuni Bilig ul yaruqlug’, yarutti sani.
***
Uquvdir chirog’dek qarong’u kuni Bilimdir yorug’lik, yoritgay seni.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Do'stlaringiz bilan baham: |