O‘zbekiston respublikasi хalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
7-8 sinf oquvchilari uchun ozbek tilida
4 Ona tili ta‟limi natijasida o„quvchilar egallagan bilim, ko„nikma va malakalar uch parametrli standart ko„rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi. 1. O„qish texnikasi. 2. O„zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. 3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi . Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo„lib, ona tili ta‟limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. Shu maqsadga ko„ra joriy o„quv yilida 7-sinfda ona tilidan bosqichli imtihon yozma ish, ya‟ni diktant shaklida o„tkaziladi. Diktant o„quvchilarning savodxonligini tekshirish va oshirish, bilimlarini mustahkamlash maqsadiga xizmat qiladi. Diktantga quyidagi talablar qo„yiladi:
yozma nazoratning bu turi o„quv yili davomida o„rganilgan mavzular yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga hamda tekshirishga xizmat qilishi;
diktant uchun o„tilgan mavzularga to„la muvofiq keladigan va olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan material tanlanishi;
tanlangan matn o„quvchiga ma‟lum darslikdan olinmay, imkon qadar ijodiy bo„lishi, mustaqil o„qilgan yoki o„quvchiga notanish bo„lgan asarlardan olinib, ta‟limiy, tarbiyaviy mohiyatga ega bo„lishi lozim. Diktant matni ko„p variantli tarzda tayyorlanadi. Tayyorlangan har bir variant alohida konvertga solinadi. Bir o„quvchi konvertlardan bittasini tanlab oladi. Konvertga solingan matn sarlavhasi doskaga yozib qo„yiladi. O„qituvchi tomonidan diktant matni bir marta o„qib eshittiriladi. Matndagi murakkab so„zlar doskaga yozib qo„yiladi. Diktant matni o„qituvchi tomonidan o„qib turib (diktovka usulida) yozdirib boriladi. O„qituvchi o„quvchilar tomonidan yozilgan diktantlarni yig„ib oladi va tekshiradi. Diktantni baholashda quyidagicha mezonga amal qilinadi: «5» ball: a) mutlaqo xatosiz yozilgan; b) qo„pol bo„lmagan bitta imlo yoki bitta ishorat xatosi bo„lgan diktantga qo„yiladi. «4» ball: ikkita imlo va ikkita ishorat xatosi bo„lgan diktantga qo„yiladi. Xatolar nisbati o„zgarishi mumkin, lekin ularning umumiy miqdori to„rttadan, imlo xato esa ikkitadan oshmasligi kerak. «3» ball: to„rtta imlo hamda to„rtta ishorat xatosi bo„lgan diktantga qo„yiladi. Xatolar nisbati 3 imlo, 5 ishorat xato va boshqa ko„rinishlarda ham bo„lishi mumkin. Ammo imlo xato miqdori 4 tadan oshmasligi shart. «2» ball: yettigacha imlo va 7 ta ishorat xatosi bo„lgan diktantga qo„yiladi. Xatolar miqdori 10 tadan ortsa, «1» ball qo„yiladi. Eslatma: 1. Diktantdagi xatolar nisbatan turlicha ko„rinishda bo„lishiga qaramay, baholashda imlo xatolar miqdori asosiy chegara sanaladi. 2. Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori beshtadan ortiq bo„lsa, baho bir ballga pasayadi. 3.Agar diktantda uch va undan ortiq tuzatish bo„lsa, «5» ball qo„yilmaydi. Diktant matni hajmi 120-150 so„zdan iborat bo„lishi lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling