5
Diktant yozish uchun 1 astronomik soat (60 daqiqa) beriladi.
DIKTANT MATNLARIDAN NAMUNA
Til odobi
Sendan til odobi qanday bo„ladi, deb so„rasalar, shunday javob ber: yaxshi
fikrni ifodalash uchun og„iz ochish lozim, yomon gap uchun og„izni berk tutgin.
Agar sendan qanday holatlarda gapirish ma‟qul deb so„rasalar, shunday javob
ber: dilda pinhon bo„lgan narsalarni izhor qilish uchun, mazlumlarga yordam qo„lini
cho„zish va marhumlarning dodu faryodiga yetish uchun.
Nimalardan tilni tiyish darkor deb so„rasalar shunday degin:
birinchi: yolg„on gapirishdan, zero yolg„onchilik dushmandir;
ikkinchi: va‟daga xilof ish qilishdan, chunki bu ikkiyuzlamachilik
nishonasidir;
uchinchi: g„iybat va bo„htondan, sababi bu fosiqlar ishidir;
to„rtinchidan: janjaldan, xusumatdan gap tashishdan;
beshinchi: o„zni maqtash va ta‟riflashdan tiyilish, chunki bular o„zdan ketish,
takabburlikning alomatidir;
oltinchi: xizmatkorlarni la‟natlashdan o„zni tiyish, chunki bu zolimlar fe‟lidir;
yettinchi: yomon duo va haqoratdan;
sakkizinchi:
odamlarning ranjishiga sabab bo„ladigan kulgu va
masxaralashdan.
(Husayn Voiz Koshifiy. 126 so„z)
Do'stlaringiz bilan baham: |