O‘zimiz haqimizda nimalarni bilamiz
Odamzod umr bo„yi o„rtacha hisobda qirq tonnaga yaqin ovqat, ya‟ni
o„rtacha yetmish yillik hayotida o„n bir tonna non, yetmish pud (bir pud 16,3 kiloga
teng) tuz va yetti tonna go„sht, tuxum va baliq iste‟mol qilarkan. Shuningdek, qirq
ikki tonna suyuqlik icharkan. Bunga ona suti-yu, choy, suv va boshqa ichimliklar
ham kiradi.
Nafas olgan havosini o„lchaydigan bo„lsak, uch yuz sakson ming kubometrni
tashkil etadi. Yuragimiz shunchalar baquvvat ekanki, uning kuchi har yili to„qqiz
yuz kilolik yukni o„n to„rt metr balandlikka ko„tarib chiqishga teng ekan.
Miyamiz o„n milliard hujayradan iborat. U sakson olti million axborot va
ma‟lumotni eslab qolishga qodir. Miyada har daqiqada yuz mingga yaqin kimyoviy
reaksiya sodir bo„ladi.
Terimizning har 6,5 kvadrat santimetrida yigirma besh metr asab tolalari,
mingdan ortiq asab nuqtalari, olti metr qon tomirlari bor. Hid sezuvchi
a‟zolarimizning umumiy hajmi 4,8 kvadrat santimetrni tashkil etadi.
(“G„aroyib olam” kitobidan. 137 so„z)
Do'stlaringiz bilan baham: |