O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

80-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va 
qutqaruv ishlarini tashkil qilish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini 
O‘zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati amalga oshiradi. Mazkur 
xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq ishlaydi. 
Aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va bajarishda Yagona aviatsiya qidiruv-
qutqaruv xizmati vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va 
fuqarolarning kuchlari hamda vositalarini jalb qilish huquqiga ega. 
Vazirliklar va idoralar, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari Yagona 
aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati organlarining talabiga muvofiq ularga qidiruv-qutqaruv ishlari 
uchun tayyor turgan qutqaruv kuchlari va vositalarini tezda ajratib berishlari shart. 


Respublika Prezidentining qaroriga muvofiq davlat tasarrufida bo‘lmagan korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar yuqoridagi kabi kuch va vositalarni ajratishlari shart, 
keyinchalik bu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplanadi. 
Qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining tarkibi, texnika va anjomlari ro‘yxati, qidiruv-
qutqaruv ishlarini boshqarish va bajarish tartibi, tegishli mansabdor shaxslarning vazifalari Yagona 
aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tasdiqlagan qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish qoidalarida 
belgilab beriladi. 
Havo kemalarini, ularning yo‘lovchilari va ekipajini qidiruv-qutqaruv ishlarini ta’minlash 
maqsadida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tunu kun navbatchilikni yo‘lga qo‘yadi. 
Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari asosida o‘zga davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi, 
shuningdek o‘z faoliyatini respublikaning qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini o‘tkazishga mas’ul 
boshqa organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda 
moslashtiradi. 
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalariga kerakli yordam ko‘rsatish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga: 
a) o‘zga davlatlarning qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari; 
b) mazkur havo kemalarining egalari va ekspluatantlari; 
v) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat 
ma’murlari kelishlariga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Bunday kelishga yo‘l qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan 
foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi. 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi 80-sonli 
qarori 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati to‘g‘risida”gi 
nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-sonli 
qarori
bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomning 33-bandi. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling