davlat aviatsiyasida – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi komissiyalari tomonidan
tekshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Halokat yoki baxtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va
eksperimental aviatsiya manfaatlariga daxldor bo‘lgan taqdirda tekshirish O‘zbekiston
Respublikasining Transport vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining boshqa daxldor vazirliklari va idoralari vakillaridan
tashkil topgan
qo‘shma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
(86-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Tekshirishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlagan qoidalar bilan belgilanadi. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisani bunday
tekshirishdan maqsad kimningdir aybini yoki javobgarligini belgilash emas, balki hodisaning
obyektiv sabablarini aniqlashdan iboratdir.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va
eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining
XXV bobiga
.(“Aviatsiya hodisalari va insidentlarini
surishtirish”)
Do'stlaringiz bilan baham: