XII bob. AVIATSIYA FAOLIYATIGA G‘AYRIQONUNIY ARALAShUVNING OLDINI
OLISh
91-modda. Aviatsiyani g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning chora-
tadbirlari
Havo
kemalari, yo‘lovchilar, yuk va pochta qabul qilish, jo‘natish yoki ularga xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani g‘ayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini
ko‘rishlari kerak.
Bunday chora-tadbirlar:
a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz
kirishlarining oldini olish;
b) yo‘lovchilar tomonidan
qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi
moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo
kemasiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
v) qurol va o‘q-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yo‘lovchilardan
ajratilgan
bo‘lmalarida, yuk orasida o‘qsiz holda joylashtirishni ta’minlaydigan alohida choralar ko‘rish;
g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat ko‘rsatishga aloqasi yo‘q shaxslarning kirib
olishiga yo‘l qo‘ymay qo‘riqlash;
d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan o‘tkazish;
e) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini ta’minlaydigan,
shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan
ta’minlash;
j) havo kemalari va obyektlariga nisbatan g‘ayriqonuniy aralashuvning oldini olish
uchun
maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qo‘llashdan iboratdir.
Bunday chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan
qoidalarga muvofiq qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: