92-modda. Yo‘lovchilarni, qo‘l yuki va bagajni tekshirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Parvozning xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti
va salomatligini saqlash maqsadida aeroport xodimlari, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik
xizmati organlari, bojxona muassasalari va chegara qo‘shinlariga, bu organlarning vakolatli vakillari
yo‘q bo‘lgan taqdirda esa — havo kemalarining komandirlari yoki ularning topshirig‘iga binoan
ekipajning boshqa a’zolariga — ichki yo‘nalishlarda ham, xalqaro yo‘nalishlarda ham havo kemalari
yo‘lovchilarini, qo‘l yuki va bagajlarni tekshirish huquqi beriladi. Tekshirish aeroportda, shahar
aerovokzalida yoxud aerodromda havo kemasining o‘zida bu ish uchun maxsus tayinlangan shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchi tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda aviatsiya xizmati
ko‘rsatuvchi havo transportida tashish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishga haqlidir.
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga
muvofiq yo‘lovchining roziligidan qat’i nazar, tekshirish o‘tkazilishi mumkin. Ushbu moddada
parvozdagi havo kemasi deb yo‘lovchilar yoki yuklar joylashtirilganidan so‘ng kemaning barcha
tashqi eshiklari yopilgan daqiqadan boshlab, yo‘lovchilarni yoki yuklarni tushirish uchun eshiklardan
istalgan biri ochilguncha bo‘lgan holatdagi havo kemasi tushuniladi.
Tekshirish o‘tkazish qoidalari va tekshirish o‘tkazishga haqli shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi ko‘zdan kechiruvini
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |