109-modda. Havo transportida tashish ishlarini ta’minlash xizmatining tashkil etilishi
Oldingi
tahrirga qarang.
Havo transportida tashishni ta’minlovchi barcha xizmatlar aeroport tomonidan xizmat
ko‘rsatiladigan tashishlarning hajmi va turlariga muvofiq xodimlarni, texnologik asbob-uskunalar,
mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlangan operatsion zonalarni qamrab oluvchi
tegishli tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak.
(109-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
110-modda. Sug‘urta
Tashuvchi yo‘lovchilarga, tashishga qabul qilingan qo‘l yuki va yuklarga, shuningdek o‘zga
shaxslarga yetkaziladigan zararni qoplash yuzasidan o‘z mas’uliyatini sug‘urta qildirishi lozim.
Zararni qoplaydigan sug‘urta puli miqdori tashuvchi javobgarligining belgilangan
miqdoridan past bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi
Qonuniga
qarang.
111-modda. Xorijiy tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar respublika qonunchiligi hamda
O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar
asosida, shuningdek Aviatsiya ma’muriyati tomonidan bir gallik va muntazam parvozlar uchun
beriladigan maxsus ruxsatnomalarga binoan faoliyat ko‘rsatadilar.
Xorijiy tashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi hududida o‘zlarining vakolatxonalarini ochishlari mumkin.
(111-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Xorijiy yuk tashuvchilarga:
a) O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirok etgan havo aloqasi
to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarda yoki maxsus ruxsatnomalarda ko‘zda tutilmagan hollarda
O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlatga olib ketish yoki xorijiy davlat hududidan
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish uchun kemaga yo‘lovchilar, qo‘l yuki, yuk va pochta
olish;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzilga yetkazish uchun Aviatsiya
ma’muriyatining maxsus ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududida kemaga yo‘lovchilar, qo‘l
yuki, yuk va pochta olish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |