O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Havo kemasida joy band qilib qo‘yish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

100-modda. Havo kemasida joy band qilib qo‘yish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Havo kemasida yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish uchun joylarni hamda yuk va pochta tashish 
uchun tashish sig‘imini band qilib qo‘yish tashuvchining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
(100-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 
101-modda. Tashishga doir hujjatlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chipta va qo‘l yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda 
rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochtani va yukni havo 
transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va 
tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ 
tomonidan belgilanadi.
(101-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 
102-modda. Yo‘lovchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar
Tashuvchi yo‘lovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini 
tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yo‘lovchiga belgilangan me’yor doirasida bagaj va qo‘l yukini 
tekin o‘zi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, 
aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan 


yoxud boshqa majburiy sabablar bilan ro‘y bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi 
tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan ta’minlanish huquqi beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tashuvchi o‘z imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda 
tutilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ham ega. 
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuniga
 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling