114-modda. Tashuvchining qo‘l yukining butligi uchun javobgarligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘l yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan
e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning
yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
(114-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Agar yo‘lovchining yonidagi buyumlar yo‘qolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yo‘qotish
yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy
javobgar bo‘ladi.
115-modda. Tashuvchining yukning butligi uchun javobgarligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar yukning yo‘qolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish
vaqtida yuz bergan bo‘lsa, yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun
tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Agar tashuvchi yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan
bog‘liq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay
olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar bo‘ladi:
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
urush yoki qurolli to‘qnashuv akti;
yukka xos bo‘lgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik.
(115-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
116-modda. Yuk, qo‘l yuki, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |