113-modda. Yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun
tashuvchining mas’uliyati
Tashuvchi parvoz chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib
kelgan
zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni
ko‘rganligini yoki bunday choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa,
mulkiy
javobgar bo‘ladi.
Agar yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuvi qaytarib bo‘lmas kuch natijasida
sodir bo‘lgan bo‘lsa,
tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining
qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilanganiga muvofiq javobgar
bo‘ladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Etkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi
natijasi
ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolikka doir qonunchilikning umumiy
me’yorlariga muvofiq zarar uchun to‘lanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi mumkin yoki
zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
(113-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning
o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda
fuqarolik qonunchiligida
belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.
(113-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(113-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-
sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: