O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Aerodromlar va aeroportlar uchun yer ajratish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

27-modda. Aerodromlar va aeroportlar uchun yer ajratish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Aerodromlar va aeroportlar qurilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida 
yer ajratiladi. 
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
23-moddasi



Aerodromlar va aeroportlar uchun ajratiladigan yer uchastkalari sathining kattaligi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadigan me’yorlar va 
loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida belgilanadi. 
28-modda. Aerodromlar qurish va ularni ta’mirlash 
Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish, 
qurish va ta’mirlash hokimiyatlarning tegishli mahalliy idoralari bilan, manfaatdor vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish 
to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi. 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-sonli 
qarori 
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomning 
IX bobi. 
Aerodromlarni qurish va ta’mirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid, turar 
joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini, ularning motorlaridan 
chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli ta’sirini bartaraf 
etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmog‘i lozim. 
29-modda. Aerodrom ekspluatanti 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom 
egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan 
boshqa asoslarga ko‘ra tegishli bo‘lgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan 
yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi. 
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling