O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Aerodromni ishga tushirishga ruxsat berish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

30-modda. Aerodromni ishga tushirishga ruxsat berish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini 
ta’minlash talablariga muvofiq bo‘lsa, aerodromdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolar tashish 
uchun mo‘ljallangan aerodrom bundan tashqari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
qo‘shimcha talablarga ham javob bermog‘i lozim. Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental 
aviatsiyaga mo‘ljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi 
aerodromlarini sertifikatlash 
qoidalari
” (O‘zR AQ-160) (ro‘yxat raqami 1734, 29.10.2007-y.).
(30-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi 
normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi: 
(30-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-
maydagi 82-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 
fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish 
(joylashish) aerodromlari uchun – O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan; 
davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Aerodrom ekspluatantiga aerodromning butun xizmat ko‘rsatish muddati davomida 
aerodromning muvofiqlik sertifikati olish uchun belgilangan talablarga javob berishini ta’minlash 
vazifasi yuklatiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son 
Qonuni
 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling