VII bob. HAVO TRANSPORTI QATNOVI
Oldingi
tahrirga qarang.
54-modda. Samoviy hudud tasnifi
“O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi xalqaro standartlar talablariga muvofiq va
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan
tartibda tasniflanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom”ning
16-bandi
.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan
samoviy hududga bo‘linadi. Bunda nazorat qilinadigan samoviy hudud deganda parvozlarga
dispetcherlik xizmati ko‘rsatish ta’minlanadigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi. Nazorat
qilinmaydigan samoviy hudud deganda parvozlar paytida axborot xizmati ko‘rsatiladigan doiradagi
samoviy hudud tushuniladi.
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
55-modda. Havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish
xalqaro standartlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi
nizomga muvofiq tashkil etiladi va xizmat ko‘rsatish amalga oshirilayotgan samoviy hudud tasnifiga
bog‘liq bo‘ladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son
Qonuni
tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |