O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti
-modda. Aviatsiya xodimlari guvohnomasini tan olish
Download 458.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Havo kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51-modda. Havo kemasi ekipaji
- 52-modda. Havo kemasining komandiri
50-modda. Aviatsiya xodimlari guvohnomasini tan olish
Chet el davlati tomonidan aviatsiya xodimlariga berilgan yoki kuchga kiritilgan guvohnomalar, agar shu guvohnomalarni berish yoki kuchga kiritish uchun belgilangan talablar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti belgilagan minimal standartlarga yoki undan yuqoriroq talablarga javob bersa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi. 51-modda. Havo kemasi ekipaji Havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan iborat bo‘ladi. Fuqaro va davlat aviatsiyasi havo kemalarining ekipaji tarkibi havo kemalarining turi va vazifasi, maqsadi va ulardan foydalanish sharoitlari hisobga olinib, havo kemasining loyihalovchisi va buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda har bir turdagi havo kemasining parvozda foydalanish hujjatlariga yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, havo kemalari ekipaji tarkibiga tegishlicha Aviatsiya ma’muriyati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shu kemadan foydalanishga aloqador boshqa aviatsiya xodimlari ham kiritilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati bilan kelishuvga ko‘ra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi. (51-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda) 52-modda. Havo kemasining komandiri Uchuvchi ixtisosligiga va belgilangan tartibda ma’lum turdagi havo kemasini mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxsgina havo kemasining komandiri bo‘lishi mumkin. Havo kemasining komandiri ekipaj faoliyatini boshqaradi, kemada tartib va intizom saqlanishini, parvoz qoidalariga va kemadan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek kemaning asralishi va kemadagi odamlar hamda mol-mulkning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi. Havo kemasining komandiri quyidagi huquqlarga ega: a) havo kemasining fazoga ko‘tarilishi, parvozi va qo‘nishi haqida, shuningdek parvozni tugallash va parvoz boshlangan punktga qaytish yoki majburiy qo‘nish haqida uzil-kesil qaror qabul qilish. Parvoz xavfsizligiga yaqqol xavf tug‘ilganida, shuningdek kema ichidagi yo‘lovchilar hayotini saqlab qolish niyatida parvoz rejasidan, havo transporti qatnovini ta’minlovchi idora ko‘rsatmalaridan va parvoz topshirig‘idan chekingan holda, ammo belgilangan parvoz qoidalariga iloji boricha rioya qilgan holda, bunday qaror qabul qilinishi mumkin. Kema komandiri ko‘rilgan tadbirlar to‘g‘risida kemaning bevosita rahbari bo‘lmish havo kemalari qatnovini ta’minlovchi organga zudlik bilan xabar qilishi shart; b) havo kemasi ichidagi har qanday shaxsga o‘z vakolatlari doirasida buyruq berish. Bu buyruqlar so‘zsiz bajarilmog‘i lozim; v) xatti-harakatlari bilan parvoz xavfsizligiga bevosita tahdid solib, o‘zining buyruqlariga bo‘ysunmayotgan shaxslarga nisbatan barcha zarur choralarni ko‘rish, hatto qurol ishlatish. Havo kemasi eng yaqin aerodromga qo‘ngani zahoti kema komandiri bunday shaxslarni kemadan chiqarib yuborishi, agar jinoyat belgilari mavjud qilmish sodir etgan bo‘lsalar, ularni tegishli organlarga topshirishi mumkin; g) parvoz xavfsizligini hamda havo kemasini qo‘ndirishni ta’minlash uchun zarur bo‘lsa parvoz paytida yonilg‘ini to‘kib tashlash, qo‘l yuki, yuk va pochtani tashlab yuborish. Download 458.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling