53-modda. Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
tartibi
Havo kemasi ekipaji a’zolari parvozda o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan
jarohatlari olgan yoki sog‘liqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti,
agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera
olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va
amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.
Havo kemasi ekipajining a’zosi parvozda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok
bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz
shaxslarga yoki faoliyat ro‘y bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi bo‘lgan shaxslarga,
shuningdek marhumning vafotidan so‘ng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda
amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
53
1
-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va
imtiyozlar
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat
vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan
ta’minlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida
imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga ko‘ra beriladigan va mehnatga
haq to‘lash to‘g‘risidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi
korxonalarining mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida
qaralmaydi.
(53
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli
Qonuni
bilan
kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
30-sentabrdagi 825-son “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi
agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |