O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Havo kemasining belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yo‘li, parvoz


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

70-modda. Havo kemasining belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yo‘li, parvoz 
yo‘nalishi yoki tegrasidan chetga chiqqanida ko‘riladigan chora-tadbirlar
Havo kemasi belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yo‘li, parvoz yo‘nalishi yoki 
tegrasidan chetga chiqqanida yoxud parvozning boshqa parametrlariga rioya etmaganda havo 
kemasining komandiri va havo transporti qatnovini ta’minlovchi organ bunday xatolarni tuzatish 
uchun zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rishi shart. 
71-modda. Havo kemasi halokatga uchraganda kema ekipajining vazifalari
Havo kemasi yoki uning ichidagi odamlar uchun bevosita xatar tug‘ilsa yoxud kema bilan 
radioaloqa uzilib, uning qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, bunday havo kemasi halokatga uchrayotgan 
hisoblanadi. 
Uchish, qo‘nish yoki qulash natijasida jiddiy zarar ko‘rgan yoxud butunlay vayron bo‘lgan, 
shuningdek aerodromdan tashqariga majburan qo‘ngan havo kemasi halokatga uchragan hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Halokatga uchrayotgan havo kemasining ekipaji O‘zbekiston Respublikasi Samoviy 
hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda falokat signalini berishi, havo 
transporti qatnovini ta’minlovchi organga halokat xususiyati haqida ma’lumot berishi va kema 
ichidagi odamlarning hayotini, sog‘lig‘i va mol-mulkni, shuningdek havo kemasining o‘zini saqlab 
qolish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
(71-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 
Halokatga uchragan havo kemasining ekipaji o‘z vakolatini tegishli organlarga topshirgunga 
qadar, havo kemasi ichidagi odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarish va xavfsizligini 
ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Ushbu havo kemasi ekipajining barcha 
a’zolari va imkon qadar, yo‘lovchilari odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarishda 
ishtirok etishlari shart. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqaro va eksperimental 
aviatsiyasining parvoz qilish 
qoidalari
” ga qarang 
Halokatga uchrayotgan yoki halokatga uchragan havo kemasining komandiri o‘z vakolatini 
tegishli organlarga topshirguniga qadar, mazkur kemadagi yoki kemaning ichida bo‘lgan 
odamlarning xatti-harakatlariga boshchilik qiladi. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling