O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

63-modda. Kema hujjatlari 
Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari bo‘lmog‘i lozim; bu hujjatlarning 
ro‘yxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat 
aviatsiyasi uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar: 


a) havo kemasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati; 
(63-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-
159-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 
v) kema daftarlari
g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chog‘ida ishlatiladigan qo‘llanma; 
d) Aviatsiya ma’muriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar bo‘lishi lozim. 
64-modda. Parvozga tayyorlanish 
Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa 
xodimlarini, uchish va qo‘nish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak. 
Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun mas’ul shaxslar ro‘yxati fuqaro 
va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz 
qilishga huquqi bor ekipajiga O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va 
eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy 
hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga 
oshirish uchun ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental 
aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining 
IX bobiga
 qarang.
(64-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 
Parvoz boshlanishi oldidan yo‘lovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida 
ma’lumot olishlari lozim. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling