O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti
Download 458.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Havo kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64-modda. Parvozga tayyorlanish
63-modda. Kema hujjatlari
Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari bo‘lmog‘i lozim; bu hujjatlarning ro‘yxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar: a) havo kemasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; Oldingi tahrirga qarang. b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati; (63-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ- 159-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) v) kema daftarlari; g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chog‘ida ishlatiladigan qo‘llanma; d) Aviatsiya ma’muriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar bo‘lishi lozim. 64-modda. Parvozga tayyorlanish Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa xodimlarini, uchish va qo‘nish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak. Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun mas’ul shaxslar ro‘yxati fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz qilishga huquqi bor ekipajiga O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining IX bobiga qarang. (64-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) Parvoz boshlanishi oldidan yo‘lovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida ma’lumot olishlari lozim. Download 458.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling