O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

56-modda. Havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish 
Samoviy hududdan samarali va oqilona foydalanish maqsadida havo transporti qatnovi 
oqimlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga moslashtirib tashkil etiladi. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni 
birxillashtirish haqida (Gamburg qoidalari) 1929-yildagi Varshava 
Konvensiyasi
 (O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 80-I-sonli qarori). 
57-modda. Aeronavigatsion va meteorologik axborot 
O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti qatnovi aeronavigatsion va 
meteorologik axborot bilan ta’minlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati 
markazi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatadi, davlat 
aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini ko‘zlab 
meteorologik ta’minlashni tashkil etadi.


Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatish samoviy 
hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining 
Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
(57-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi 
O‘RQ-159-sonli
 Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati 
Markazi va O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2008-yil 
15-fevraldagi 38-OP, 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini 
meteorologik ta’minoti bo‘yicha 
yo‘riqnoma
”, O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va 
eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarining 
X bobi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi. 
(57-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan ta’minlash tartibi fuqaro aviatsiyasi 
va eksperimental aviatsiyada O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat 
aviatsiyasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son 
Qonuniga
 muvofiq ikkinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 
3-son, 38-modda)
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan xavfsiz, samarali va tejamkorlik bilan 
foydalanishni ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilot yoki chet el davlatlari aeronavigatsion axborot 
xizmatlaridan bitim yoki shartnoma asosida olinadigan meteorologik axborot ham ishlatilishi 
mumkin. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling