O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti
-modda. Kasb faoliyatiga tayyorlash va bunday faoliyatga ruxsat berish
Download 458.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Havo kodeksi
49-modda. Kasb faoliyatiga tayyorlash va bunday faoliyatga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang. Egallab turgan lavozimiga binoan faoliyati parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va ta’minlash hamda havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga tayyorlash davlat tomonidan shahodatlangan tashkilotlarda amalga oshiriladi. Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarini sertifikatlash tegishincha O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. (49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 10- noyabrdagi 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalari . Havo kemalari parvozini amalga oshirish va bu parvozlarni ta’minlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda salomatliklari belgilangan talablarga javob beradigan taqdirdagina kasb faoliyatini bajarishga qo‘yiladilar. Aviatsiya xodimlarini kasb faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etish va shu faoliyatni bajarish uchun guvohnoma berish tartibi, shuningdek aviatsiya xodimlari turli toifalarining sog‘liqlariga bo‘lgan talablar hamda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1186, 02.11.2002-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari aviatsiyasining uchuvchilar tarkibini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ” (31.01.2020-y., ro‘yxat raqami 3216). Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlari kasb faoliyatini bajarish chog‘ida amaldagi guvohnomani o‘zlari bilan olib yurishlari kerak. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007-yil 28-dekabrdagi 1099,3692, 1669-sonli “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1762, 25.01.2008-y.). Download 458.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling