O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

53-modda. Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
tartibi
Havo kemasi ekipaji a’zolari parvozda o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan 
jarohatlari olgan yoki sog‘liqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti
agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera 
olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va 
amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart. 
Havo kemasi ekipajining a’zosi parvozda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok 
bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz 
shaxslarga yoki faoliyat ro‘y bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi bo‘lgan shaxslarga
shuningdek marhumning vafotidan so‘ng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
53
1
-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va 
imtiyozlar
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat 
vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan 
ta’minlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida 
imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga ko‘ra beriladigan va mehnatga 
haq to‘lash to‘g‘risidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi 
korxonalarining mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida 
qaralmaydi. 
(53
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
bilan 
kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 



Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
30-sentabrdagi 825-son “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi 
agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori


Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling