O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Aeronavigatsiya hamda aloqa vositalari va tizimlari


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

58-modda. Aeronavigatsiya hamda aloqa vositalari va tizimlari 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi havo transporti qatnovi aeronavigatsiya vositalari va 
tizimlari, shuningdek havo transporti qatnovining aloqa hamda boshqaruv vositalari va tizimlari bilan 
ta’minlanadi. 
Bunday ta’minlash tartibini o‘z vakolatlari doirasida Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilaydi. 
Mazkur vositalar va tizimlardan birgalikda foydalanish tartibi davlat boshqaruvining ushbu 
organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlarga binoan belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Aeronavigatsiya vositalari va tizimlari sifatida foydalaniladigan obyektlar qurilishi 
(o‘rnatilishi) uchun yer ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. 
Bunday qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonining sathi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlangan me’yorlar hamda loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida 
aniqlanadi. 
(58-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
59-modda. Aloqa vositalaridan foydalanish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Havo transporti qatnovini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun telefon, telegraf va 
boshqa aloqa vositalaridan navbatsiz, oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lab foydalaniladi. Havo transporti 
qatnovini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun ommaviy aloqa vositalaridan foydalanish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi tomonidan Aviatsiya ma’muriyatining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va 


boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli organlari bilan kelishuv 
asosida belgilanadi.
(59-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda) 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling