VI bob. AVIATSIYA XODIMLARI
47-modda. Aviatsiya xodimlarining xizmat turlari
Faoliyatlari havo transport qatnovini tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo
transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shaxslar aviatsiya xodimlari hisoblanadi.
Aviatsiya turiga mansubligiga ko‘ra aviatsiya xodimlari tegishli ravishda fuqaro, davlat va
eksperimental aviatsiya xodimlariga bo‘linadi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va
aviatsiya xodimlarining turlari to‘g‘risidagi
qoidalarga
( ro‘yxat raqami 1349, 07.05.2004-y.) qarang.
48-modda. Aviatsiya xodimlarining tarkibi
Aviatsiya xodimlari tarkibiga:
a) uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar;
b) havo transporti qatnovini tashkil qiluvchi va ta’minlovchi shaxslar;
v) havo kemasi parvozlarini tashkil etuvchi shaxslar;
g) havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar;
d) havo kemalarining parvozlarini ta’minlovchi shaxslar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(48-moddaning birinchi qismidan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son
Qonuniga
muvofiq “e” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-
modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(48-moddaning birinchi qismidan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son
Qonuniga
muvofiq “j” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-
modda)
Fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlari qatoriga kiruvchi shaxslar
lavozimlarining ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-sentabrdagi 313-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi
qarori
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |