O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

67-modda. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda 
sog‘lig‘iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo‘nalishlar va uchish 
balandliklarida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqaro va eksperimental 
aviatsiyasining parvoz qilish 
qoidalari
” ga qarang 
Havo kemasida nosozlik ro‘y bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun 
parvozlar qilish zarur bo‘lganda belgilangan yo‘nalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra havo 
kemalarining belgilangan yo‘nalish va uchish balandligidan chetga chiqqan holda aholi manzilgohlari 
ustida parvoz qilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi ko‘rgazmali uchishlari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. 
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son) 
68-modda. Tovushdan tez uchuvchi havo kemalari parvozlarini cheklash
Tovushdan tez uchuvchi havo kemalarining parvozi mazkur parvozlar atrof muhitga zarar 
yetkazmaydigan balandlikda va rayonlarda amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Tovushdan tez 
uchuvchi havo kemalari parvozining minimal balandligi har bir alohida olingan rayon uchun 
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan tartibda 
belgilanadi. 
69-modda. Havo kemasi ekipajining xatti- harakatiga aralashmaslik
Havo kemasi ichidagi shaxslarga, shu jumladan havo kemasiga egalik qiluvchi shaxslarga 
ham, havo kemasi ekipajining xatti-harakatiga aralashish, jumladan ekipajdan parvoz tartibi va 
rejasini o‘zgartirishni yoxud havo transportiga xizmat ko‘rsatuvchi organning ko‘rsatmalariga rioya 
qilmaslikni talab qilish man etiladi. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling