Aviatsiya injiniringi
Download 29.89 Kb.
|
12 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2023 UA ni parvoz oldidan tayyorlash
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “AVIATSIYA INJINIRINGI” KAFEDRASI QAYTA TOPSHIRISH MAVZU: UUA ni parvoz oldi tayyorgarligi va parvoz tizimlari.UUA ni parvozdan oldingi ko’rigi. Bajariladigan ishlar ro’yxati. Parvozdan oldingi tayyorgarlik o’tkazish tartibi. Bajaradi: Sunnatov. H Qabul qildi: Taxirov. J Toshkent-2023 UA ni parvoz oldidan tayyorlash UA ni parvozga tayyorlashda uni ta’minlovchi turli xizmat mutaxassislari: aviatsiya muhandislari, aerodrom, shturmanlik, tijorat, havodagi harakatni boshqarish xizmatlari ishtirok etadilar, bunda UA da majmuaviy ishlarni bajarish talab etiladi. Bu yerda reglamentlovchi omil sifatida parvozlar jadvali va birlashgan aviaotryad boshqaruvida ekipajga belgilangan parvozdagi aniq vazifalar olinadi. Barcha xizmatlarning aniq ishlashi parvozlar doimiyligiga rioya qilishni va parvoz kechikishini yo‘qotadi. UAni parvozga majmuaviy tayyorlash UA texnik tayyorgarligini va ekipajni tayyorgarligini o‘z ichiga oladi. Texnik tayyorgarlikni muhandislik avia xizmati (MAX) amalga oshiradi, u parvozlarni aviatsiya - muhandislik ta’minlanganligiga mas’uldir va aviakorxonadagi barcha boshqa xizmat faoliyatlarini nazorat qilishga haqli. MAX boshqaradigan tayyorgarlik quyidagi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi: navbatdagi TXK ni reglament bo‘yicha bajarish; oldingi parvozlarda va navbatdagi TXK bajarilayotganda aniqlangan nosozliklar hantda ishlamay qolishlarni yo'qotish; yoqilg'i, suyuqlik, gazlar bilan toTdirishi; yuvish; qor va yaxlardan tozalash (qish vaqtida); kabinada havoni konditsionerlash (kerak bo'lganda); dvigatel va tizimlarni qizdirish; ekipajni UA ni ko'rib chiqishi va qabul qilishi; hujjatlarni to'ldirish. Uchishni ta’minlash bo'yicha ishlarni bajarishga mas'uliyatli brigadir - aviatexnik UA parvozga tayyorligiga birinchi navbatda mas'uliyatlidir. Uchishni ta'minlash bo'yicha ishlarni bajarishga kirishishdan oldin brigadir - aviatexnik bu vaqtga qadar to‘liq tugatilgan tezkor TXK karta - naryadini tekshirishi, bort jurnalini ko'rib chiqishi va UA ga xizmat ko'rsatish hujjatini to‘g‘ri to'ldirilganligini va ishlarning bajarilishiga mas'ul shaxslar imzo qo'ygan bo'lishlariga ishonch hosil qilishi kerak. Har bir uchishni ta'minlash bo'yicha ishlar texnik xizmat ko'rsatish reglamentiga 207 toiiq javob berishi kerak. Agar bajaruvchilar avval aniqlanmagan shikastlanishni, nosozlikni yoki texnik sharoitdan og'ishlarni uchratishsa, brigadir smena muhandisiga bu to‘g‘rida yetkazishga majbur, u texnik holatni me’yordan ogishini yo‘qotisli va barcha ishlarning tamomlanish vaqtini aniqlaydi. Muhandis o'zining qarorini smena boshligiga yetkazadi. Reglamentda ko'rsatilgan ishlardan tashqari uchishni ta’minlashda qo‘shimcha ishlarni bajarishga ham to’g'ri keladi, masalan, YOMM, maxsus suyuqliklar, suv bilan toidirish; tizimlarni gaz bilan toidirish; UA yuzasidagi qor, qirov, yaxlarni yo’qotish; kabinada havoni konditsionerlash (qishda—isitish, yozda—sovitish); dvigatel va qismlarni qizdirish; UA ni perronga yoki dvigatelni oîoldirish va sinash maydoniga olib borish. MAX sanab oiilgan vazifalari zamonaviy UA va yerdagi texnika bilan turli mutaxassislarning birga ishlashi murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun MAX yechadigan majmuaviy vazifalarga kiruvchi asosiy muammodan biri — UA ga TXK ni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish muammosidir. Buni yechish nafaqat ish sarfini qisqartirish va mehnat samaradorligini ortishiga, yana uchishga tayyorlashda UA turib qolishilarini kamaytirishga, undan foydalanish intensivligini, uchish davomivligini va xavfsizligining oshishiga sabab boiadi. FA ATTXKTK ga muvofiq shunday UA parvozga tayyor deb hisoblanadiki, bunda: vazifani bajarish uchun yetarli resursga ega bo‘lishi; uchishga tayyorgarligi va reglamentlarga muvofiq ravishda tizimlar YOMM, maxsus suvuqlik va gazlar bilan toidirilgan, kema hujjatlari bortda boisa, aviatsiya - qidiruv jihozlari va uskunalari bort jurnal yozishmalariga va ro’yxatiga mos yigilgan boiishi, uchishni ta'minlash bo'yicha ishlar bajarilgan, ATB dagi mas’uliyatli shaxslar UA ni parvozga tayvorligi va uchishga ruxsat berilishi to'g'risida xarita-naiyadga imzo qo’ygan boiishlari kerak. Bunda yerga ulash troslarini va gildirak ostidan tayanch kolodkalarini olib tashlash, dvigatelning o'tolishini ta’minlash, yer manbalarini uchirish, UA ni so'nggi bor koiib chiqish va yerdagi harakatni ta’minlash ishlarini muhandis texnik xizniati (MTX) muhandis texnik xizmati TXK jarayonida va UA ekipajiga topshirilgandan keyin bajaradi. Shundan so'ng ATB ning mas’uliyatli shaxslari UA ni parvozga' tayyorligi va uchishga ruxsat berilishi haqida xarita-naryadga imzo qo'yadilar. 1- va 2-sinf U A lari uchun ushbu qarorni smena muhandisi yoki boshlig'i, 3- va 4- 208 sinf GTD li UA lari uchun ekspluatatsiya bo'yicha muhandis qabul qiladi. Ayrim hollarda shunday xulosani ATB katta yoki bosh muhandisi va lining A va REJ bo'yicha yordamchisi, sexlar. bo'linmalar boshliqlari, ruxsatnomalari bo'lgan TNB va tex. bo'linma muhandislari qabul qiladilar. Aviatsiya ishlarida foydalaniladigan 4-sinf UA lari uchun esa faqatgina unga xizmat ko'rsatgan aviatexnik uchishga ruxsat berishi mumkin. Xarita-naryadga imzo qo'yishdan oldin mas’ul shaxs mutaxassislarning inrzosini tekshirish, A va REJ va ekspluatatsiya bo'yicha muhandis yoki texnik-brigadirning UA ning sozligiga dalolat berganlariga, uchishni ta’minlash bo'yicha bajarilgan ishlarga mas’ul bajaruvchilar va nazoratchilar ruxsat etganiga ishonch hosil qilishi lozirn. Mas’ul shaxs, nazorati muhandisga yuklatilgan uchishni ta’minlovchi barcha ishlarning bajarilganligini o'zi tekshirishi zarur. Bir qator aviakorxonalar va o'quv muassasalarida TXK ni biriktirilgan usuli qo'llaniladi. Bu holatda uchishga muhandis yoki brigadir ruxsat beradi, vaqtinchalik aerodromda birlamchi qo'nganda UA ga biriktirilgan aviatexnik ruxsat beradi. Jami hajmdagi ishlar bajarilgandan so'ng ekipaj axborot beradi va tezkor TXK karta-naiyadi to'ldirilgan holatda, bortjurnal, UA ning reysdagi ishi haqidagi ma'lumotnoma blanki, kema hujjatlari va UA kaliti ularga beriladi. UA ni keyingi tekshirishlarini ekipaj a’zolari bajaradi, texnik tarkib chexollarni, yopqichlarni, strubsinalarni, shtirlarni, uchishdan oldin vaqtincha o'rnatiladigan va yechiladigan qurilmalarni yechishadi va boit-muhandis yoki bortmexanikka berishadi. Agar ekipaj a’zolari o'zlarining tekshirish jarayonlarida qandaydir nosoziikni aniqlasalar, uchishni ta’minlashga nias’ul brigadir ularni yo'qotish bo'yicha tezkor choralar qabul qiladi. Aniq UA larini uchish ekspluatatsiyasi bo'yicha qo'llanmasi ayrim nosozliklar bilan uchishni nazarda tutgan. Ushbu nosozliklarni ro'yxati UEK da keltirilgan. Bunday hollarda uchishga smena boshlig'i yoki muhandis mxsat beradi. Bunda bortjurnalga nosoziikning xususiyati haqida yozib qo'viladi. Xuddi shunday yozuv tezkor TXK karta-naryadiga ham qayd etiladi va bu to‘g‘rida ekipaj komandiriga axborot beriladi. Aerodromda ushbu turdagi UA ekspluatatsiyasiga ruxsati bo'lgan mutaxassis muhandis-aviatsion xizmatda bo'lmasligi holati ham uchrashi mumkin. Bu holda nosozliklar va shikastlar bilan uchishga ruxsatni ekipaj komandiri FAB bosh muhandisi bilan kelishgan holda qabul qiladi va bort jurnaliga zaruriy qaydlarni bitadi. Ekipaj komandiri uchishni bajarilishiga mas'uliyatli bo'lgani uchun barcha sharoitlarda nosozliklar bilan uchishga yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin. U o‘z qarorini uchish sharoitini, uchish va qo'nish aerodromlari jihozlarini va boshqa uchish xavfsjzligiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda qabul qiladi. Download 29.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling