O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Tashuvchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

103-modda. Tashuvchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi 
kuchining to‘xtatilishi
Tashuvchi havo transportida yo‘lovchi, qo‘l yuki va yuk tashish shartnomasini tashish 
yo‘nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Oldingi
 tahrirga qarang. 
yo‘lovchi yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit 
mamlakatning qonunchiligida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo 
transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa; 
(103-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
agar yo‘lovchi sog‘lig‘ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini 
talab qilsa yoxud yo‘lovchining o‘z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, 
bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa 
yo‘lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatishi uchun 
tashuvchiga imkoniyat bermasa;
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga 
tahdid tug‘diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-
mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa;
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo‘lovchi yoki yuk 
jo‘natuvchi tomonidan rad etilsa. 
(103-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 
104-modda. Yo‘lovchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi 
kuchining to‘xtatilishi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — 
yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan 
keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish 
uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida 
belgilangan tartibda olish huquqiga ega. 
(104-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling