Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo‘lovchi va uning qo‘l yukini
chiptada ko‘rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib
belgilangan manzilga
eltib qo‘yish
majburiyatini, yo‘lovchi qo‘l yukini topshirgan bo‘lsa — qo‘l yukini belgilangan
manzilga yetkazib, uni yo‘lovchiga yoki yo‘lovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi.
Yo‘lovchi belgilangan tarif bo‘yicha parvoz uchun, yuk tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq qo‘l
yuki bo‘lgan taqdirda esa bunday — qo‘l yuki uchun ham haq to‘lash majburiyatini oladi.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Havo transportida tashish shartnomasiga ko‘ra yuk tashuvchi o‘ziga yuk jo‘natuvchi ishonib
topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib
olishga vakolat berilgan shaxsga
topshirish majburiyatini oladi, yuk jo‘natuvchi esa yuk yoki pochta
tashilgani uchun belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lash majburiyatini oladi.
99-modda. Charter shartnomasi
Oldingi
tahrirga qarang.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha bir tomon (kiraga beruvchi)
ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yo‘lovchilar, qo‘l
yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun
to‘liq berib turish majburiyatini oladi.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
712-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha tashish
ushbu Kodeks qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: