O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


kamomadi yoki ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi mas’uliyati miqdori


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

kamomadi yoki ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi mas’uliyati miqdori
Yuk, qo‘l yuki yoki yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolgani, kamomadi va ularga 
yetkazilgan zarar uchun tashuvchi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
a) tashish uchun olingan qiymati e’lon qilingan yuk yoki qo‘l yukining yo‘qolgani, 
kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar uchun – e’lon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi 
e’lon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida
(116-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-
sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
b) qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan yukning yoki qo‘l yukining, 
shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan 
zarar uchun — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida 
belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi. 
(116-modda birinchi qismi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son) 
Agar yetkazilgan zarar tashuvchi yoki uning vakolatli shaxslari o‘z xizmat vazifalarini 
bajarish chog‘ida qasddan qilingan yoki qo‘pol ehtiyotsizliklari natijasi ekanligi isbotlansa 
javobgarlik me’yorlari qo‘llanilmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(116-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-
sonli 
Qonuniga
 asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 
Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning o‘limi yoki uning sog‘ligiga 
yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli ro‘y bergan bo‘lsa, 
tashuvchi javobgar bo‘lmaydi. 
Hayvonlarning o‘limi yoki jarohatlangani uchun, agar bu ko‘ngilsizlik tabiiy sabablarga 
ko‘ra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, tashuvchi 
javobgar bo‘lmaydi. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling