O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Tashuvchining qo‘l yukining butligi uchun javobgarligi


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

114-modda. Tashuvchining qo‘l yukining butligi uchun javobgarligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘l yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan 
e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning 
yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
(114-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 
Agar yo‘lovchining yonidagi buyumlar yo‘qolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yo‘qotish 
yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy 
javobgar bo‘ladi. 
115-modda. Tashuvchining yukning butligi uchun javobgarligi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar yukning yo‘qolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish 
vaqtida yuz bergan bo‘lsa, yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun 
tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Agar tashuvchi yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan 
bog‘liq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay 
olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar bo‘ladi:
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
urush yoki qurolli to‘qnashuv akti;
yukka xos bo‘lgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik. 
(115-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-337-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda) 


116-modda. Yuk, qo‘l yuki, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolishi, 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling