Oldingi
tahrirga qarang.
Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan
shaxslar
yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi
tuzilganligi faktini
tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi
dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning yo‘qligi,
agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan
tuzilmaganligi isbotlansa,
tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sog‘lig‘ining holati
tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish
imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan
zararning o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar talab qo‘yishi yoki
da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
(123-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
124-modda. Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qo‘yish muddatlari
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti
oylik muddat ichida, jarima to‘lanishi
to‘g‘risidagi da’volar esa — 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddat hisobi:
a) qo‘l yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud yetkazilgan
zararni qoplash,
shuningdek
qo‘l yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qo‘yiladigan talablar bo‘yicha — ular berilgan
kundan boshlab;
b) yo‘qotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — yuk yetkazib
berish uchun
mo‘ljallangan muddatdan 10 kun o‘tgach;
v) yo‘qotilgan qo‘l yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — yetkazib
berish muddati o‘tgandan so‘ng;
g) boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos bo‘la oladigan voqea ro‘y bergan
kundan e’tiboran boshlanadi.
Talab qilish muddati tugaganidan so‘ng ham, agar tashuvchi ko‘rsatilgan sabab
uzrli deb
hisoblasa, talablarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: