O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. O‘zbekiston Respublikasi ekspluatantlari tomonidan xorijiy davlat


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Havo kodeksi

131-modda. O‘zbekiston Respublikasi ekspluatantlari tomonidan xorijiy davlat 
hududida aviatsiya ishlarini bajarish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspluatant sertifikatini olgan O‘zbekiston Respublikasining ekspluatantlari xorijiy davlat 
hududida aviatsiya ishlari bajarishlari mumkin. 
(131-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
132-modda. Aviatsiya ishlarini bajarishda sug‘urta


Buyurtmachi o‘z xodimlari va aviatsiya ishlarini bajarish yoki o‘z buyurtmasiga binoan 
chipta sotib olmay tashish amalga oshirilayotgan vaqtda texnologiya jarayonini ta’minlash bilan 
bog‘liq shaxslarni sug‘urta qilishi shart. 
Ekspluatant aviatsiya ishlari bajarilishi bilan bog‘liq holda yetkazilishi mumkin bo‘lgan 
zararni qoplash bo‘yicha o‘z javobgarligini sug‘urta qilishi shart. 
133-modda. Aviatsiya ishlarini bajarish chog‘ida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Aviatsiya ishlarini bajarish chog‘ida odamlarga va mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun 
ekspluatant ushbu Kodeksning 
112 – 116 
-moddalarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda javobgar 
bo‘ladi. 
134-modda. E’tiroz bildirish va ularni qarab chiqish muddatlari 
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bog‘liq e’tirozlar ana shunday e’tirozlar bildirish uchun 
asos bo‘lib xizmat qilgan hodisa aniqlangan kundan e’tiboran olti oy ichida bildirilishi mumkin. 
135-modda. Da’voning eskirishi va sudda ko‘rilishi ehtimoli 
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bog‘liq da’volar da’vo qilish uchun asos bo‘lib xizmat 
qilgan voqea aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil ichida da’vogar istagan joyda: javobgar joylashgan 
yoki u yashaydigan joydagi, aviatsiya ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan vakolatxona 
joylashgan yerdagi, aviatsiya ishlari bajarilgan joydagi tegishli sudda qo‘zg‘atilishi mumkin. 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling