O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Havo kodeksi

XV bob. AVIATSIYA IShLARI 
128-modda. Aviatsiya ishlariga doir shartnoma 
Aviatsiya ishlariga doir shartnomaga binoan tomonlardan biri (ekspluatant) ikkinchi tomon 
(buyurtmachi) uchun bir yoki bir necha havo kemasida shartnomalarda nazarda tutilgan muddat, hajm 
va shartlarda aviatsiya ishlari bajarishni o‘z zimmasiga oladi. 
129-modda. Aviatsiya ishlariga doir tariflar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspluatant va buyurtmachi aviatsiya ishlariga doir shartnoma tuzish vaqtida shartnoma 
tariflarini belgilashga haqlidirlar.
(129-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 
tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy 
ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi 
mumkin.
(130-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy 
davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan havo kemalaridan yoki O‘zbekiston Respublikasining ijaraga olingan 
havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini 
bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu 
Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi.
(130-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli 
Qonuni
 tahririda — 
O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda) 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling