O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Yo‘lovchilarni, qo‘l yuki va bagajni tekshirish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

92-modda. Yo‘lovchilarni, qo‘l yuki va bagajni tekshirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Parvozning xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti 
va salomatligini saqlash maqsadida aeroport xodimlari, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik 
xizmati organlari, bojxona muassasalari va chegara qo‘shinlariga, bu organlarning vakolatli vakillari 
yo‘q bo‘lgan taqdirda esa — havo kemalarining komandirlari yoki ularning topshirig‘iga binoan 
ekipajning boshqa a’zolariga — ichki yo‘nalishlarda ham, xalqaro yo‘nalishlarda ham havo kemalari 
yo‘lovchilarini, qo‘l yuki va bagajlarni tekshirish huquqi beriladi. Tekshirish aeroportda, shahar 
aerovokzalida yoxud aerodromda havo kemasining o‘zida bu ish uchun maxsus tayinlangan shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchi tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda aviatsiya xizmati 
ko‘rsatuvchi havo transportida tashish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishga haqlidir. 
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga 
muvofiq yo‘lovchining roziligidan qat’i nazar, tekshirish o‘tkazilishi mumkin. Ushbu moddada 
parvozdagi havo kemasi deb yo‘lovchilar yoki yuklar joylashtirilganidan so‘ng kemaning barcha 
tashqi eshiklari yopilgan daqiqadan boshlab, yo‘lovchilarni yoki yuklarni tushirish uchun eshiklardan 
istalgan biri ochilguncha bo‘lgan holatdagi havo kemasi tushuniladi. 
Tekshirish o‘tkazish qoidalari va tekshirish o‘tkazishga haqli shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli 
qarori 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi ko‘zdan kechiruvini 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 



Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling